Anqaraning tanlovi ayon: ekspert S-400 ikkinchi polkini Turkiyaga yetkazib berilishi haqida

© Sputnik / Vladislav Sergiyenko / Mediabankka o‘tishDivizion S-400 "Triumf" zastupil na boyevoe dejurstvo v Krimu
Divizion S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiy ekspert, "Natsionalnaya oborona" ("Milliy mudofaa" -tahr.) jurnali bosh muharriri Igor Korotchenko Turkiya nima sababdan Rossiyaning S-400 tizimlarini tanlaganini so‘zlab berdi.

Rossiya va Turkiya S-400 tizimlarining ikkinchi polkini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashga yaqinlashishmoqda.

Bu haqda Federal harbiy-texnik hamkorlik xizmati rahbari Dmitriy Shugayev aytib berdi.

Avvalroq "Rosoboroneksport" bosh direktori Aleksandr Mixeyev bu kelishuv allaqachon imzolanib bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

Turkiya qurol sotib olish sohasida mustaqil siyosat olib bormoqda, deb ta’kidladi harbiy sharhlovchi, "Natsionalnaya oborona" jurnali bosh muharriri Igor Korotchenko.

Zenitniy raketniy kompleks S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyada S-400 tizimlari amerika qiruvchilarida sinovdan o‘tkazildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya o‘zining jangovar salohiyati bo‘yicha NATOning ikkinchi qudratli davlati bo‘lishiga qaramay, unga faol yuklatilgan Amerikaning Patriot majmuasini emas, balki Rossiyaning S-400 tizimini tanladi.

"Bu tanlov S-400 zenit-raketa tizimining ajoyib taktik va texnik xususiyatlari bilan bog‘liq. Bizning ilmiy-konstruktorlik g‘oyamiz Amerikanikini ortda qoldirmoqda. Biz doim havo mudofaasi tizimlarini ishlab chiqishda AQShdan oldinda bo‘lganmiz. S-400 bugungi kunda Jahon qurol bozorida ma’lum darajada Rossiya mudofaa sanoatining tashrif qog‘ozidir. Uning imkoniyatlari, hususiyatlari bo‘yicha unga teng keladigani yo‘q. Turkiya eng yaxshisini tanladi. Bugungi kunda Turkiyaning tanlovi mutlaqo tabiiydir, va katta bosimga qaramay, Erdo‘g‘on bu bosimga dosh berdi, chunki u S-400 o‘z havo hududi xavfsizligini kafolatlashini tushunadi", - dedi Korotchenko.

Eslatib o‘tamiz: 2019-yilda Moskva Anqaraga to‘rtta S-400 divizionini yetkazib berdi. Shartnomaning umumiy miqdori 2,5 milliard dollarni tashkil etdi.

Bu AQSh va Turkiya o‘rtasida qattiq tortishuvlarga sabab bo‘ldi: Vashington shartnomadan voz kechishni va Patriot tizimlarini sotib olishni talab qildi.

Anqara, o‘z navbatida, G‘arb tomonidan sanksiyalar tahdidiga qaramay, RF bilan muzokaralarni davom ettirdi.

Yangiliklar lentasi
0