TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Birinchi sentabrdan O‘zbekiston fuqarolariga Qirg‘izistonga kirish ruxsat beriladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston birinchi sentabrdan epidemiologik vaziyat barqarorlashgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritiladi.
“O‘zbekiston 1-sentabrdan koronavirus infeksiyasi kamayishi va epidemiologik vaziyat barqarorlashgani kuzatilayotgan xorijiy davlatlar ro‘yxatiga 32-mamlakat sifatida kiritiladi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston 31 mamlakat fuqarolari uchun o‘z chegarasini ochgani xabar qilingan edi.