O‘zbekiston sentabrdan boshlab qator davlatlar bilan avia-parvozlarni tiklamoqchi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSamolet Boeing 757-231 aviakompanii "Uzbekistan Airways" v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva.
Samolet Boeing 757-231 aviakompanii Uzbekistan Airways v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya, BAA, Belarus va Qozog‘iston Respublikasi bilan sentabr oyidan boshlab, bosqichma-bosqich muntazam avia qatnovlarni tiklash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

TOShKENT, 29 avg - Sputnik. O‘zbekiston hukumati ayni vaqtda Turkiya, BAA, Belarus va Qozog‘iston Respublikasi bilan sentabr oyidan boshlab, bosqichma-bosqich ravishda muntazam avia qatnovlarni tiklash masalasi ko‘rib chiqmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Transport vazirligi matbuot-xizmati.

Samolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston toifalarga ajratilgan avia-reyslar ro‘yxatini tasdiqladi

"...ayni damda Turkiya, BAA, Belarus va Qozog‘iston Respublikasi bilan sentabr oyidan boshlab, bosqichma-bosqich ravishda muntazam avia qatnovlarni tiklash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bunda epidemiologik vaziyat notinch bo‘lgan malakatlardan (qizil) havo kemasi bortiga qabul qilinayotgan yo‘lovchilardan Covid-19 kasalligiga parvozdan oldin 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda faqat PZR (polimera zanjirli reakatsiya) orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatgich ega deb topilgan ma’lumotnomani taqdim etish talab etiladi. Ma’lumotnoma ingliz yoki rus tillarida bo‘lishi lozim", - dedi vazirlik matbuot-xizmati vakili.

"Sariq" hududdan keluvchi yo‘lovchilar Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga Covid-19 kasalligiga PZR tekshiruvi yoki ekspress testi ma’lumotnomasini taqdim etishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0