TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Futbol bo‘yicha Rossiya premyer ligasining 6-turida “Spartak” Tulaning “Arsenal” klubiga qarshi bahs yuritdi.
Dastlab "Arsenal" futbolchisi Xlusevich hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim yakuniga qadar moskvaliklar bunga 2 ta to‘p bilan javob qaytara oldi. “Qizil-oqlar” tarkibida Aleksandr Sobolev va Samuel Jigo gol muallifiga aylandi.
Qayd etish joizki, bu o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov o‘z debutini nishonladi. 69-daqiqada maydonga tushgan Oston o‘yin so‘ngiga qadar o‘zining faol harakatlari bilan ajralib turdi.
Mazkur g‘alabadan keyin “Spartak” ochkolarini 14 taga yetkazib olgan holda RPLda peshqadamga aylandi.