TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallaganlarning umumiy soni 41 303 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
O‘tgan tun davomida yana 143 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Yangi kasallanganlarning 87 nafari Toshkent shahrida, 20 nafari Toshkent viloyatida, 10 nafari Buxoro viloyatida, yana 10 nafari Qashqadaryo viloyatida, 8 nafari Samarqand viloyatida, 4 nafari Surxondaryo viloyatida, 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda yana 2 nafari Namangan viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 84 yoshli I.A. (ayol) hamda Yangiyo‘l tumanida yashagan 47 yoshli B.E. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Shu paytga qadar mamlakatda 38359 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan. Tuzalish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatgich Farg‘ona viloyatida (99 foiz). Qolgan hududlarda ham 90 foizdan ziyod bemorlar shifo topgan.
Hozirda mamlakatda 2633 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 276 nafari og‘ir, 138 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.