Shodmonov maktablarni koronavirus o‘chog‘iga aylantirmaslikka chaqirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinistr zdravooxraneniya Uzbekistana Alisher Shadmanov
Ministr zdravooxraneniya Uzbekistana Alisher Shadmanov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sanitariya xizmati markazlari shu yilning 5-sentabriga qadar o‘z hududlaridagi o‘quv dargohlarini tayyorgarlik holatini o‘rganishi belgilandi

TOShKENT, 29 avg - Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov maktablarda 2020-2021 o‘quv yilini tashkil etishda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Ministr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Sherzod Shermatov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston maktablarida o‘quv yili qanday boshlanadi - vazir Shermatov bilan intervyu

Vazir o‘z chiqishida pandemiya sharoitida dolzarb muammolarni sanab, ularning yechimlariga ham to‘xtalib o‘tdi.

Misol uchun, mamlakatdagi mavjud 9942 ta maktabning barchasi ham toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan. Mahalliy hokimliklar tomonidan bu muammo hal etilishi muhimligi ta’kidlandi:

Sanitariya xizmati markazlari shu yilning 5-sentabriga qadar o‘z hududlaridagi o‘quv dargohlarini tayyorgarlik holatini o‘rganishi, dars jarayonlarida epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash borasida trening va repetitsiyalar o‘tkazishi zarurligi qayd etildi.

Shkolniki pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena v sredney obsheobrazovatelnoy shkole №13 Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya davrida maktablarga qo‘yiladigan sanitariya talablari e’lon qilindi

"480 ming nafardan ortiq o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadigan va 6,2 million nafardan oshiq o‘quvchi tahsil oladigan ta’lim muassasalarini epidemik o‘choqqa aylantirib qo‘yishga haqqimiz yo‘q", - dedi Shodmonov.

Yig‘ilishda ta’lim muassasalarining 1 057 tasida tibbiyot xonalari mavjud emasligi, tibbiyot xonalari va izolyatorlarni tashkil etishda mahalliy hokimliklar va xalq ta’limi mutasaddilariga tibbiyot xodimlari o‘z tavsiyalari va ko‘rsatmalari bilan yaqindan yordam berishi aytildi.

Bundan tashqari, maktab oshxonalarining holati, ularning sanitariya talablariga javob berishi zarurligi, sifatiga shubha qilingan ovqatlarni muassasa hududiga kiritish va noqonuniy savdoning oldini olish kerakligi, ko‘p maktablarda hojatxonalarning ham gigiyena talablariga javob bermasligi kabi qator muammolarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Yangiliklar lentasi
0