Bosh prokuratura so‘xlik bloger haqida ma’lumot berdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSledstvenniy izolyator, arxivnoe foto
Sledstvenniy izolyator, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydarjon Bobohaydarov So‘x tumanidagi voqealar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha qo‘lga olingan.

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi so‘xlik bloger haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati prokuraturasi joriy yilning may oyida So‘x tumanida sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar va boshqa holatlar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlarini olib bormoqda.

Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik O‘zbekiston
So‘xdagi ommaviy tartibsizliklardan so‘ng 6 kishi qamoqqa olindi

Tergov davomida 6 nafar shaxsga nisbatan JKning 219 va 244-moddalari bilan ayb e’lon qilinib, ularga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

“Shu bilan birga, fuqaro Haydarjon Bobohaydarov (bloger) jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 226-moddasi tartibida ushlangan”, - deyilgan xabarda.

Tergov davomida H.Bobohaydarovga protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilgan va himoya huquqi (advokat) ta’minlangan.

Xabarda ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0