So‘xdagi ommaviy tartibsizliklardan so‘ng 6 kishi qamoqqa olindi

© Sputnik / Vladimir PesnyaSotrudnik sledstvennogo izolyatora
Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
May oxirida “Chashma” bulog‘i bo‘yida Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida buloqdan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan nizo oqibatida ommaviy tartibsizliklar ro‘y bergan.

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Joriy yil 31-may kuni O‘zbekiston Respublikasi So‘x tumani, Chashma qishlog‘ining Qirg‘iziston Respublikasi, Batken oblasti, Kadamjay rayoni, Chechme ayili bilan chegaradosh hududida joylashgan “Chashma” bulog‘i bo‘yida Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida buloqdan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan nizo oqibatida ommaviy tartibsizliklar ro‘y bergan.

Abdulla Aripov v Suxe - Sputnik O‘zbekiston
So‘x aholisi Abdulla Aripovdan nimalarni so‘radi ?

Ushbu nizoni bartaraf etish maqsadida So‘x tumani Chashma qishlog‘iga yetib borgan mahalliy hokimiyat vakillari hamda huquqni muxofaza qiluvchi organ hodimlariga tartibbuzarlar tomonidan faol qarshilik ko‘rsatilib, ularga turli darajada shikastlar yetkazilgan.

Mazkur holat bo‘yicha 01.06.2020 yilda Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida 6 nafar shaxsga nisbatan JKning 219 va 244-moddalari bilan ayb e’lon qilinib, ularga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0