TOSHKENT, 12 avg - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Oʻzbekistonga xorijiy davlatlardan fuqarolarni kirishi boʻyicha toifaga ajratilgan davlatlar roʻyxati tasdiqlandi hamda ushbu roʻyxat har haftada yangilab borishi belgilandi.
Mazkur qarorga asosan:
Sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror boʻlgan - yashil reyslar orqali (oxirgi 10 kun ushbu mamlakatlarda boʻlib turgan) Oʻzbekistonga kirib kelgan shaxslar karantin nazoratiga olinmaydi;
- koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan - sariq reyslar orqali — (oxirgi 10 kun ushbu mamlakatlarda boʻlib turgan) Oʻzbekistonga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida uy karantini nazoratiga olinadi;
- koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan - qizil reyslar orqali (evakuatsiya reyslari) — Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida karantin nazoratida saqlanadi.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Oʻzbekistonga xorijiy davlatlardan fuqarolarni kirishi boʻyicha toifaga ajratilgan davlatlar roʻyxati tasdiqlandi hamda ushbu roʻyxat har haftada yangilab borishi belgilandi.
Mazkur roʻyxatga asosan:
- yashil reyslar sifatida – Xitoy Xalq Respublikasi, Tayland, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Latviya, Yaponiya;
- sariq reyslar sifatida – Yevropa Ittifoqi davlatlari (Buyuk Britaniya va Ispaniya bundan mustasno), Ozarbayjon;
- qizil reyslar sifatida boshqa barcha davlatlar belgilandi.
Yuqoridagilardan tashqari jamoaviy (kollektiv) immunitet shakllanishi jarayonini monitoring qilib borish maqsadida antitanachalar (immunoferment) tahlilini oʻtkazish choralarini koʻrish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Shu bilan birga, mutasaddi vazirlik va idoralarga ommaviy axborot vositalarida madaniy-maʼrifiy va koʻngilochar mazmundagi koʻrsatuv, eshittirish va materiallarni koʻpaytirish, shuningdek ijtimoiy masofani taʼminlagan hamda sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etgan holda teatr, kinoteatr, kontsert va boshqa tadbirlarni tashkil etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritish vazifalari belgilandi.