TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun "Rossii-24" telekanali boshlovchisi Sergey Brilevga intervyu berdi. Quyida ushbu intervyudan qiziq lavhalar keltiramiz.
Belorussiya haqida
Vladimir Putin qo‘shni respublikada Rossiyaga har jihatdan juda yaqin ekanini va u yerda sodir bo‘layotgan voqealarga befarq emasligini aytib o‘tdi.
“Belarus bizga juda yaqin, balkim eng yaqin mamlakatdir - etnik, til, madaniy, ma’naviy va boshqa har qanday jihatdan. Bizning oramizda o‘nlab, yuz minglab va balkim millionlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri qardoshlik aloqalarimiz bor", — dedi Putin.
Rossiya prezidenti Belarussiya rahbari Aleksandr Lukashenko iltimosiga binoan huquqni saqlash organlaridan iborat ma’lum zahira kuchlar tayyorlagan, lekin ikkala prezident xulosasiga ko‘ra, hozircha qo‘shni mamlakat hududida Rossiya kuchlarini ishlatishga ehtiyoj paydo bo‘lgani yo‘q.
“Vaziyat nazorat ostidan chiqmasa, siyosiy shiorlar ortiga yashiringan ekstremistik kuchlar ma’lum chegaradan o‘tib, talonchilik, avtomobillarga, banklarga o‘t qo‘yishni, ma’muriy binolarni egallab olishni boshlamagunicha, zahiradagi kuchlar ishlatilmaydi”, - dedi Rossiya prezidenti.
Shu o‘rinda Putin Rossiya va Belarus orasida ittifoqchilik shartnomasi borligini va undan ittifoqchilardan birining suverenitetiga, tashqi chegaralariga xavf tug‘ilganda ikkinchisi yordam berish majburiyati borligini aytib o‘tdi. “Kerak bo‘lsa Moskva Minskka o‘z majburiyatini bajarishiga kafolat beradi, - dedi Putin, va agar Belarus muammolari tinch yo‘q bilan hal bo‘lmasa”, - deb qo‘shimcha qildi.
Rossiya prezidenti fikriga ko‘ra Belarus huquqni saqlash organlari, barcha qilinayotgan ishlarga (ig‘volarga) qaramasdan o‘zlarini xotirjam tutmoqda.
Belarusda qo‘lga olingan rossiyaliklar to‘g‘risida Putin “bu Ukraina va AQSh maxsus xizmatlarining qo‘shma operatsiyasi” bo‘lgan dedi.
“Hozir bu aniq bo‘ldi. Ushbu odamlardan aldov yo‘li bilan foydalanishgan. Ularga Lotin Amerikasi va boshqa uchinchi mamlakatlarlarda qonuniy ish va’da qilishgan. Lekin aslida aldov yo‘li bilan Belarus hududiga chaqirib olishgan va bundan prezident saylovoldi kampaniyasida foydalanishga harakat qilishgan” , - dedi Rossiya prezidenti.
Koronavirus va Rossiya vaksinasi haqida
Putin aytishiga qaraganda, Rossiya dunyo bo‘yicha COVID-19dan o‘limlar soni eng kam qayd etilgan mamlakatlar qatorida. Bunga barcha amaliy tayyorgarlikdan tashqari davlat rahbariyati epidemiya boshlanganda birinchi o‘ringa aholi hayoti va sog‘ligini qo‘ygan sabab bo‘lgan.
“Bu birinchidan bizning sog‘liqni saqlash tizimimizning tayyorligini, mobilizatsiya imkoniyatlarini hamda xavflarni bartaraf etish choralarini o‘z vaqtida qabul qilish natijasidir”, - dedi prezident.
Ayni damda Rossaning 8ta hududida umumaholi immuniteti 25%dan oshgan. Gamalei nomidagi Markaz tomonidan ishlab chiqilgan dunyodagi birinchi vaksina "Sputnik-V" qonunga muvofiq ravishda ro‘yxatga olingan.
“Biz hayvonlar va ko‘ngillilarda klinikagacha bo‘lgan sinovlarni o‘tkazdik. Bugun ushbu vaksina inson organizmida mustahkam immunitet shakllantirishiga mutaxassislar shubha qilmayapti”, - dedi Rossiya yetakchisi. COVID-19
Shuningdek Vladimir Putin uning o‘z qizlaridan biri ham ushbu vaksinani muvaffaqiyatli sinab ko‘rganini xabar qildi.
“Emlanganidan so‘ng birinchi kun uni harorati 38,4 daraja, ikkinchi kuni – 37 daraja bo‘ldi. 21 kun o‘tib ikkinchi marta emlanganda ham ozroq ko‘tarildi, lekin hammasi yaxshi, - dedi Putin.
Prezident aytishiga ko‘ra, yangi vaksinani sinab ko‘rish haqidagi qarorni uning o‘zi mustaqil qabul qilgan. U ish yuzasidan ko‘p odamlar bilan uchrashadi shuni uchun o‘zini himoyalashi kerak.
Rossiyaning Vektor markazi tomonidan ishlab chiqilayotgan ikkinchi vaksina sentabrda paydo bo‘ladi. Bu borada Putin ushbu Markaz mutaxassislari “odamlarga yordam beruvchi ajoyib preparat” ishlab chiqishlariga ishonishini aytdi.
Pandemiyaning ikkinchi to‘lqini bo‘lmaydi, lekin koronavirus hali ham shu yerda. Shuni uchun barcha xavfsizlik choralarini saqlash kerak. Karantin choralariga amal qilmagan ayrim mamlakatlarda kasallik avj olayotganini ko‘rib turibmiz.
Rossiyada shifoxona o‘rinlari va dori-darmon zahiralari yaratilgani tufayli kasallik avj olishiga yo‘l qo‘yilmaydi, dedi Putin.
“Bizda barcha kerakli arsenal bor, sinovlar doimiy ravishda o‘tkazilmoqda. Kasallik imkon qadar yengilroq kechishi uchun, asorati qolmasligi uchun nima qilish kerakligini mutaxassislarimiz yaxshi bilshadi. Ushbu kurashda olingan barcha bilimlardan kelajakda albatta samarali foydalanamiz”, - dedi Putin.
Iqtisod borasida
Putin aytishiga ko‘ra, Rossiya eng katta iqtisodiy muammolarni ortda qoldirgan.
“Umid qilamanki, biz asta sekin tiklana boshlaymiz. Kelasi yilda ushbu tiklanish ta’minlanadi deb o‘ylayman”, - dedi prezident.
Barcha qiyinchiliklarga qaramasdan bizning zahiralarimiz o‘smoqda. Bu qo‘shimcha “xavfsizlik yostiqchasi” yaratadi. Bu juda muhim, albatta barcha muammolarni hal qilmaydi, lekin muhim. Biz ayrim hollarda kerakli mablag‘lar bilan ta’minlashimiz mumkin bo‘ladi, jumladan ijtimoiy sohani ham, - dedi prezident.
Neft narxi hozirgi 46 dollardan yuqoriroq bo‘lishi ham mumkin edi, albatta. Bu yil YaIM ko‘zlanganidan 5-6%ga kamayadi, lekin AQSh, YeI va boshqa mamlakatlarda – undan ham ko‘p, dedi prezident.
Putin bu – hukumat tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirilgan ishlar natijasidir, dedi va ayrim ekspertlar ham ushbu fikga qo‘shilayotganini ta’kidladi.
“Ayrim sohalar ko‘rgan zarariga qaramasdan hukumat yordamisiz qoldi. Hukumat bu borada albatta o‘z qarorini qabul qilishi kerak. Lekin umumiy hisobda, ko‘plab ishchilar band bo‘lgan sohalar: kichik biznes, qishloq xo‘jaligi, avtosanoat, qurilish sohalariga o‘z vaqtida yordam ko‘rstildi va bu o‘z natijasini berdi”, - dedi Putin.