TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Dizayner Nariman Grigoranning qasddan o‘ldirilganligi yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida fuqaro Nariman Alimdjanov (dizayner Nariman Grigoran) ni qasddan o‘ldirganlikda ayblangan sudlanuvchi B.Burkitbayev (1996 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, o‘zbek, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.
2020 yil 14-avgustdagi sud hukmiga ko‘ra, B.Burkitbayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
B.Burkitbayevga uzil-kesil o‘tash uchun 18-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.