Nariman Grigoranni instagramdagi tanishi o‘ldirgan - OAV

© Facebook / Nariman GrigoranUbit izvestniy uzbekskiy dizayner i xoreograf Nariman Grigoran
Ubit izvestniy uzbekskiy dizayner i xoreograf Nariman Grigoran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dizayner Narimon Grigoranni Instagram ijtimoiy tarmog‘ida yaqinda tanishgan "do‘sti" o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Qotil dizayner Narimon Grigoran bilan bilan instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishgan. Qisqa vaqt ichida uning o‘ziga to‘q ekanligini bilgach o‘zining qabih rejasini amalga oshirishga uringan, Markaziy studiya telekanaliga asosan

Nariman Grigoran - Sputnik O‘zbekiston
Pichoqlangan va yoqib yuborilgan: bosh prokuratura Nariman Grigoran o‘limiga oydinlik kiritdi

Qotillikda gumon qilinayotgan shaxs A.A. dizayner Narimon Grigoran bilan 2019-yilning dekabr oylarida instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishgan. U qisqa vaqt ichida dizaynerning o‘ziga to‘q ekanligini anglab yetgan va 2020-yilning 13-yanvar kuni ko‘nglidagi shum rejasini amalga oshirish payida bo‘lgan.

U qo‘liga pichoq va 1 l baklajkada benzin olib, Narimonga qo‘ng‘iroq qilgan va uning uyiga borayotganligini aytgan. 

Qotil dizaynerni u yashayotgan uyda o‘ldirib, marhumga tegishli elektron sigaret chekish moslamasi, 625 AQSh dollari, ikkita ayfon rusumli telefon apparati, naushnik va kaptiva rusumli avtomashina kalitini olgan. Marhumning ustiga esa benzinni sepib, yoqib yuborgan va xonadon eshigini yopib jinoyat joyidan uzoqlashgan.

Qotilga nisbatan  2020-yilning 17-yanvar kuni ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish chorasi qo‘llanilgan. 24 yoshli ayblanuvchining yonidan  marhum dizaynerga tegishli bo‘lgan 400 AQSh dollari, 1 million 60 ming so‘m pul, naushnik va 1 dona elektron sigaret chekish moslamasi dalil sifatida olingan.

Qotil tomonidan yoqib yuborilgan dizaynerning jasadi 1 va 2 % kuyganligi aniqlangan. Ayni damda mazkur jinoyat yuzaisdan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0