Futbol, janjal va o‘lim - vazirlik Qiziriq tumanida sodir bo‘lgan holat bo‘yicha bayonot berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida sodir bo‘lgan holat yuzasidan bayonot berdi.

TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Shu kunlarda turli ijtimoiy tarmoqlar orqali Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida joriy yil 23-avgust kuni kechki soat 22:30larda “Istiqlol” mahallasida joylashgan sun’iy qoplamali futbol maydonida futbol o‘yini paytida yuzaga kelgan janjal oqibatida 16 yoshli Islom Xurramovning voqea joyida vafot etgani haqidagi xabarlar keng tarqaldi.

Nariman Grigoran - Sputnik O‘zbekiston
Nariman Grigoranning qotiliga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ushbu holatni o‘rganib chiqib, quyidagilarni ma’lum qildi:

“2020 yil 23-avgust kuni kechki soat 22:30larda Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani “Istiqlol” mahallasida joylashgan fuqaro Aliqulov Zafar Toshpo‘latovichga tegishli sun’iy qoplamali kichik futbol maydonida futbol o‘ynab turgan shu mahallada istiqomat qiluvchi 2004-yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan Aliqulov Asrorbek Zafar o‘g‘li raqib jamoa safida futbol o‘ynayotgan, shu mahallada yashovchi fuqaro G‘aniyev Erkinning uyiga mehmon bo‘lib kelgan Termiz tumani “Temiryo‘lchi” mahallasida istiqomat qiluvchi 2004-yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan Xurramov Islom Ma’mur o‘g‘li bilan o‘yin davomida tortishib qoladi. Ular o‘yin vaqtida maydonni tark etib, o‘yingoh yon tomonida joylashgan “Istiqlol” MFY idorasi yonida janjalni davom ettirishadi. Natijada A.Aliqulov I.Xurramovning old ko‘krak o‘rta sohasiga urib, tan jarohati yetkazgan. Islom Xurramovning kuchli zarbdan sog‘ligi yomonlashib, voqea joyida vafot etadi.

Ta’kidlash kerak, 2020-yil 23-avgust kuni Qiziriq tuman sport bo‘limi hamda tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabi tomonidan hech qanday sport tadbiri va musobaqa o‘tkazilmagan. Mazkur holat ham sport musobaqalari paytida sodir bo‘lmaganligini ma’lum qilamiz.

Shuni ham qo‘shimcha qilish kerak, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda uning tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan sport tadbirlari karantin talablari asosida sanitariya-epidemiologiya qoidalariga amal qilingan holda o‘tkazilmoqda”, - deyilgan bayonotda.

Yangiliklar lentasi
0