Rossiya va O‘zbekiston savdo-iqtisodiy hamkorlik haqida yangi memorandum imzoladi

© Minpromtorg RossiiRossiya i Uzbekistan podpisali Memorandum o torgovo-ekonomicheskom sotrudnichestve i promishlennoy kooperatsii
Rossiya i Uzbekistan podpisali Memorandum o torgovo-ekonomicheskom sotrudnichestve i promishlennoy kooperatsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida - qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, qurilish-yo‘lsozlik, mashinasozlik, farmatsevtika, raqamli texnologiyalar va chakana savdo sohalarini ko‘rib chiqmoqda.   

TOShKENT, 20 avg -  Sputnik. Kecha 19-avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manutrov hamda O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Rossiya va O‘zbekiston orasida hamkorlik memorandumini imzolashdi.

Vstrecha s zamestitelem premyer-ministra Respubliki Koreya Kim Dong-Yonom i federalnim kanslerom Shveysarii po ekonomike Yoxanom Shnayder-Ammanom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Janubiy Koreya savdo-iqtisodiy aloqalari muhokama qilindi

Hujjatning asosiy maqsadi – ikki mamlakat orasida o‘zaro manfaatli bo‘lgan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishdir. Memorandum ikki davlat ishbilarmon doiralari orasida uchrashuvlar tashkil qilish, qo‘shma korxonalar tashkil qilish, sanoat va savdo sohalarida ikki tomonlama investitsion loyihalar amalga oshishi uchun qulay sharoitlar yaratishni nazarda tutadi. Undan tashqari hujjat milliy qonunchilik, istiqbolli savdo va sarmoyaviy loyihalar borasida ikki tomonlama axborot almashinuvini nazarda tutgan.

Ushbu memorandumni amalga oshirish uchun biz maxsus ishchi guruh – loyiha ofisi tashkil qilamiz. Uning faoliyatiga savdo va sanoat sohasida ishlayotgan Rossiya va O‘zbekiston ixtisoslashgan tashkilotlari vakillari jalb etilishi mumkin bo‘ladi, dedi Denis Manturov.  

Memorandum imzolashdan oldin Denis Manturov va Sardor Umurzakov ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazib, unda hamkorlikning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishdi. Ular orasida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, qurilish-yo‘lsozlik, mashinasozlik, farmatsevtika, raqamli texnologiyalar va chakana savdo yo‘nalishlari bor.   

Tomonlar pan demiya sharoitiga qaramasdan, 2020-yilning birinchi yarmida Rossiya va O‘zbekiston savdo-iqtisodiy hamkorligi ijobiy natija ko‘rsatganini qayd etishdi. Xususan 2020-yilning yanvarida savdo hajmi 18%ga, Rossiyaning O‘zbekistonga eksporti esa 24,5ga o‘sganini qayd etishdi.

 

Yangiliklar lentasi
0