TOShKENT, 26 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektori Anatoliy Torkunovni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi.
"O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, gumanitar sohadagi ko‘p yillik samarali hamkorlikni hamda akademik va ilmiy-ta’lim almashuvlar bo‘yicha uzoq muddatli dasturlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashdagi shaxsiy hissasi, shuningdek, xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi bevosita ishtiroki uchun Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektori Torkunov Anatoliy Vasilyevich O‘zbekiston Respublikasining "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlansin", - deyiladi Farmon matnida.