Toshkentdagi filial elitar oliygoh bo‘ladi – MGIMO rektori

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOtkritie filiala MGIMO v Tashkente
Otkritie filiala MGIMO v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biz har bir bitiruvchi oltinga teng qadrlanishini istaymiz – dedi MGIMO rektori Toshkent filiali ochilish marosimida.

TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Toshkentdagi filial unchalik katta bo‘lmaydi, lekin bu yaxshi ma’noda elitar darajasidagi oliygoh bo‘ladi, dedi MGIMO rektori Anatoliy Torkunov ochilish marosimida.

“Filial unchalik katta bo‘lmaydi, lekin bu yaxshi ma’noda elitar darajali o‘quv muassasasi bo‘ladi. Shu bilan birga biz bu yerni bitirgan har bir o‘quvchi oltinga teng qadrlanishini istaymiz”, - dedi MGIMO Rektori.  

Bu yerda boshidan boshlab MGIMO o‘qituvchilari faoliyat yuritadi. MGIMOda kiritilgan barcha yangiliklar bu yerda ham joriy etiladi. Bu ma’noda Toshkent filiali innovatsion bo‘ladi.

Filial MGIMO v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda MGIMO filiali rasman ochildi

Hozir bir joyda  turish mumkin emas, bu ta’limga ham taaluqlidir. Masalan bir necha yil oldin axborot texnologiyalarining rivojlanishi ijtimoiy-siyosiy hayotni shunchalki o‘zgaritib yuborishini kim bilgan edi, yoki big-deyt, sun’iy ong.

Ushbu sohada biz o‘zimizdan ham katta bilimga ega bo‘lgan OTMlar bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqdamiz. Masalan, sun’iy ong bo‘yicha biz Moskva Fizika-texnika instituti bilan hamkorlik qilmoqdamiz. Men uni rossiyaning eng kuchli texnik oliygohi deb bilaman.

Ishonchim komilki, bizning harakatlarimiz o‘qimishli kadrlar tayyorlashda o‘zining yaxshi natijalarini ko‘rsatadi, dedi Anatoliy Torkunov. Shu o‘rinda MGIMO rektori oliygoh va Toshkentdagi Interxauz orasida hamkorlik o‘rnatilishini aytib o‘tdi.

Torjestvennoe otkritie Odinsovskogo filiala MGIMO - Sputnik O‘zbekiston
MGIMO Toshkent filiali hujjatlar qabul qilishni boshlaydi

Shuningdek, so‘z boshida MGIMO rektori qisqa vaqt ichida Filial uchun qurib bitkazilgan hashamatli bino va tashkiliy masalalarda shaxsan ishtirok etgani uchun Torkunov O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovga minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, o‘qish jarayonlarini tashkil qilishda yordamlashayotgan Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetiga ham minnatdorlik bildirdi.

Ma’lumot uchun, MGIMOning Toshkent filiali 2019/2020 o‘quv yilida bakalavriatga 44 kishi, magistraturaga 44 kishini qabul qilgan. Kelgusi o‘quv yilida bakalavriatga 100 kishi va magistraturaga 100 kishini qabul qilish rejalashtirilmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0