Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: 25 avgust asosiy xabarlari

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka oʻtishSotrudnik laboratorii podpisыvayet test na COVID-19
Sotrudnik laboratorii podpisыvayet test na COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sutka davomida 293 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 39 641 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Devushka yedet na velosipede po Krыmskoy naberejnoy v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shifokor insult, infarkt va saraton xavfini kamaytirishning oson yoʻlini aytdi

Bir sutka davomida 293 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 39 641  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Toshkent shahrida (ulardan 110 nafari xorijdan kelgan va Oʻrtasaroy karantin markaziga joylashtirilganlar orasidan), 7 nafari Toshkent viloyatida hamda 2 nafari Andijon viloyatida tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 318 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 35 869 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 90 foizga yetdi.

Ayni paytda 3 488 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Olmazor tumanida yashagan 65 yoshli X.X. (ayol, Yunusobod tumanida yashagan 40 yoshli D.A. (ayol), Shayxontohur tumanida yashagan 79 yoshli Gʻ.SH. (erkak) hamda Yashnobod tumanida yashagan 49 yoshli Q.A. (erkak) vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 284 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Germaniya shifokorlari Buxoroda

Germaniyalik shifokorlar koronavirus infektsiyasini yengishda oʻzbekistonlik hamkasblariga yordam berish uchun Buxoroga kelishdi.

Kelayotgan shifokorlar orasida - Germaniyadagi Robert Koks instituti mutaxassislari, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi vakillari va Dyusseldorf va Frankfurt-Maindagi universitet kasalxonalari xodimlari bor. Buxoroda shifokorlar koronavirus bilan ogʻrigan bemorlarni davolashda bevosita ishtirok etadi.

Proizvodstvo vaktsinы ot COVID-19  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Toʻqqizta vaktsina: Oʻzbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qoʻshildi

Koronavirusga qarshi emlash dasturi

Jenevada boʻlib oʻtgan brifingda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning maʼlum qilishicha, koronavirusga qarshi vaktsina ishlab chiqish va tarqatish boʻyicha “COVAX” xalqaro mexanizmiga 172 davlat qoʻshildi.

JSST portfelida koronavirusga qarshi 9 ta vaktsina mavjud ekani aytilmoqda.

JSST va uning Yevropa mintaqaviy byurosining faol aʼzosi sifatida Oʻzbekiston ham tashkilotning koronavirusga qarshi emlash dasturiga qoʻshildi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 23,6 milliondan oshdi, 813 ming kishi vafot etdi, 15,3 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (5,7 mln), Braziliyada (3,6 mln), Hindistonda (3,2 mln).

Yangiliklar lentasi
0