AQShda kiber urush tayyorlanmoqda, deb hisoblaydi ekspert

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishRabota za kompyuterom. Klaviatura
Rabota za kompyuterom. Klaviatura - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh harbiylari 2020-yilgi prezident saylovlari oldidan kibermaydonda axborot urushi konsepsiyasini tayyorlamoqda.

TOShKENT, 26 dek – Sputnik. AQSh  Rossiyaning 2020-yilgi saylovlariga aralashishi mumkin bo‘lgan taqdirda, o‘z taktikasini ishlab chiqishi haqidagi bayonotlar orqali haqiqiy kiber urushga tayyorlanayotganini asoslaydi, deb hisoblaydi NIU VShE Jahon iqtisodiyoti va jahon siyosati fakulteti dekanining o‘rinbosari Andrey Suzdalsev.

Xorijiy maxsus xizmatlar katta kiberhujum tayyorlamoqda – Patrushev

Oldinroq, Washinton Post gazetasi manbalarga tayanib, agar Moskva 2020-yilgi saylovlarga aralashishga urinsa, AQSh kiber qo‘mondonligi Rossiya yuqori lavozimli amaldorlari va ishbilarmonlariga qarshi axborot urushining taktikasini ishlab chiqmoqda, deya xabar berdi.

"Bu haqiqiy kiber urushni tayyorlash uchun bir bahona ...  AQSh ichki siyosiy maydonlaridagi qarama-qarshiliklarda Rossiya aralashayotgan deb xisoblanayotgani uchun ularga dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va xakerlarga qarshi jangchilar deb ataluvchi mutaxassislarni tayyorlashga asoslangan bahona zarur”, - dedi ekspert RIA Novosti agentligiga.

Uning ta’kidlashicha, AQSh Rossiya siyosiy maydonida, shu jumladan, kiber maydonida ham o‘zlarini "mutlaqo bezbetlik va ochiqchasiga harakat qilmoqda”.

Suzdalsevning fikriga ko‘ra, boshqa tomondan, bu Amerika siyosiy maydonida Rossiya omilidan siyosiy kurash vositasi sifatida foydalanish uchun ideal imkoniyatdir.

Amerika maxsus xizmatlari Rossiyaga kiberhujum uyushtirdi - OAV

"Kongressda hozir nima kuzatishimiz mumkin, impichment (jarayoni) va boshqalar. Rossiya respublikachi va demokratlar o‘rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklarda bir dastak, ta’sir qilish vositasiga aylanib bormoqda. Bu juda achinarli, chunki mamlakat bizni shunchaki kelishmovchiliklarda bir to‘qmoqqa aylantirmoqda, bu juda xavflidir" – deb ta’kidladi u.

Sentabrda AQSh armiyasining kiber qo‘mondonligi rahbari, general Stiven Fogarti, AQSh harbiylari 2020-yilgi saylovlar oldidan kibermaydonda axborot urushi konsepsiyasini faol ravishda tayyorlayotganini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh raqiblariga bunday operatsiyalarni o‘tkazishini ochiqchasiga e’lon qilishi kerak, chunki Vashington ularning harakatlariga toqat qilmasligini, balki javob berishga tayyorligini namoyish etadi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyani 2016-yildagi saylovlarga aralashganlikda aybladi, Moskva buni qat’iyan rad etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0