Reydlar boshlandi: Buxoroda bayram oldidan tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSotrudnik Natsionalnoy gvardii i DPS na postu
Sotrudnik Natsionalnoy gvardii i DPS na postu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirga 74 nafar ichki ishlar organlari, 15 nafar Milliy gvardiya xodimlari va 123 nafar jamoatchilik vakillari jalb qilingan.

TOShKENT, 22 avg - Sputnik. Mustaqillikning 29-yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davomida jamoat tartibni saqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Buxoro tumanida maxsus tezkor-profilaktik tadbir o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV.

Salyut i prazdnichniy Brodvey: chto jdet jiteley Tashkenta v Den nezavisimosti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramini oila davrasida nishonlashadi

Tadbirga 74 nafar ichki ishlar organlari, 15 nafar Milliy gvardiya xodimlari va 123 nafar jamoatchilik vakillari jalb qilingan. 

Tadbirni samarali o‘tkazish maqsadida 10 ta mahallalarda jami 12 ta patrullik yo‘nalishlari tashkil etildi.

Ta’kidlanishicha, tadbir davomida mahallarda pasport-viza qoidalarini buzish bilan bog‘liq 3 ta huquqbuzarlik holati, shuningdek, 28 ta boshqa turdagi ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan hamda 2 nafar fuqaroga nisbatan sud qarorlariga asosan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. 

Bemaqsad yurib fuqarolar osoyishtaligiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil 98 nafar shaxslar ichki ishlar organlari va tayanch punktlariga olib kelinib, ular bilan tezkor-profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.

Jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni tezkor qamrovga olish, ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida tadbir davomida 2 nafar spirtli ichimlikka ruju quygan shaxslar hamda 1 nafar ruxiy kasallar aniqlanib, davolanish uchun sog‘liqni saqlash muassasalarga joylashtirilgan.

Avtomatchik na postu DPS v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 15-avgustdan keyin qaysi karantin cheklovlari saqlab qolinadi

Ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan 32 nafar shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.

Bundan tashqari mahallalarda faoliyat yuritayotgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, do‘konlar, dorixona va shunga o‘xshash obyektlarda karantin talablariga rioya qilish holatlari o‘rganilib, ogohlantiruv profilaktik targ‘ibot ishlari olib borilgan.

Maxsus tezkor-profilaktik tadbirni o‘tkazish davomida ilgari sudlangan shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida 18 nafar ilgari sudlangan shaxslar yashash manzillariga borib tekshirilib, ma’muriy nazorat qonuni ta’siri ostiga tushuvchi 2 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy nazoratga o‘rnatilgan.

Yo‘l-patrul xizmati maskanlari, "Jamoatchilik nazorati maskanlari" va boshqa obyektlarda 184 ta avtotransport vositalari tekshiruvdan o‘tkazilgan. 

Mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar viloyatning boshqa barcha tuman(shahar)larida ham davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0