Navalniy Omskdan Germaniyaga olib ketildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishA. Navalniy gospitalizirovan v reanimatsiyu v Omske
A. Navalniy gospitalizirovan v reanimatsiyu v Omske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navalniyning rafiqasi avia-parvoz tufayli bemor holati og‘irlashishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.

TOShKENT, 22 avg - Sputnik. Bortida bloger Aleksey Navalniy bo‘lgan samolyot Omskdan Berlinga qarab yo‘l oldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri.

Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Navalniy zaharlanish gumoni bilan Omskda kasalxonaga yotqizildi

Ta’kidlanishicha, bloger yotgan reanomobil Omskning 1 tez tibbiy yordam kasalxonasidan aeroportga politsiya kuzatuvida kelgan.

Samolyot Omsk aeroportidan Moskva vaqti bilan 5.00da Germaniya tomon uchgan. Berlingan msk vaqti bilan 11.02da qo‘nishi aytilmoqda.

Navalniyning rafiqasi avia-parvoz tufayli bemor holati og‘irlashishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.

Kuni kecha, omsk shifokorlari Navalniyni davolash uchun chet elga olib chiqishga ruxsat bergan edilar. Bloger ortidan Omskka bir guruh nemis shifokorlari yetib kelib, ular ishtirokida konsultatsiyalar o‘tkazilgan. Shifokorlar so‘zlariga ko‘ra, Navalniyning miyasi stabil holatda, uning hayotiga hech qanday xavf chang solmayapti.

Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Tashhis bor, lekin uni e’lon qila olmaymiz - shifokor Navalniyning kasali haqida

Aleksey Navalniyning kasalxonaga yotqizilishi

Payshanba kuni ertalab, bortida Aleksey Navalniy bo‘lgan va Tomskdan Moskvaga qarab parvoz qilayotgan samolyot shoshilinch ravishda Omskda qo‘ndi. Parvoz davomida bloger o‘zini yomon his qilgan, samolyot Omskda qo‘ngach, u reanimatsiyaga yotqizilgan.

Bemor holati og‘ir, deya baholanmoqda, u komada.

S7 aviakompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Navalniy samolyot bortida hech narsa iste’mol qilmagan va hech qanday ichimlik ichmagan. Parvoz oldidan u aeroportdagi qahvaxonada choy ichgan.

Omsklik mediklar bemor qonida va peshobi tarkibida zaharli moddalarni yoki ularning izini aniqlamadi. Shifokorlar qo‘ygan asosiy ishchi tashxisga ko‘ra, organizmdagi moddalar almashinuvi buzilishi oqibatida bemor qonida qand miqdorining keskin pasayib ketishi uning komaga tushishiga sabab bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0