TOShKENT, 20 avg - Sputnik. Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Tomskdan Moskvaga qaytayotgan vaqtida Omsk shahri aeroportida samolyotdan favqulodda evakuatsiya qilindi, deb xabar qilmoqda Korrupsiyaga qarshi kurashish Jamg‘armasi (FBK) matbuot kotibi Kira Yarmish.
"Alekseyda toksik zaharlanish. Hozir biz tez yordam mashinasida kasalxonaga ketapmiz", - deb yozdi Yarmish o‘zining Tvitterdagi sahifasida.
FBK Navalniy choyga biron narsa aralashtirilganidan zaharlangan deb taxmin qilmoqda.
"Bu choy u ertalabdan ichgan yagona narsa edi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, toksin issiq suyuqlik orqali tezroq so‘rilgan", - keyinchalik qo‘shimcha qildi Yarmish.
FBKning Tomsk bo‘linmasiga ko‘ra, Navalniy bir kun oldin o‘zini yaxshi his qilgan edi.
1-Omsk shoshilinch kasalxonasining (BSMP-1) bosh shifokori Aleksandr Muraxovskiy RIA Novosti-ga jamg‘arma rahbari reanimatsiyada ekanligini ma’lum qildi. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Yarmish, bir yil oldin ham Navalniy mahsus hibsxonada bo‘lgan paytida, uni zaharlashga urinishganini eslatib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Rossiya Adliya vazirligi FBKni chet el agenti sifatida NNTlar ro‘yhatiga kiritgan.