Ko‘p uxlash aqli zaiflikni keltirib chiqaradimi? Ayrim holatlarda - ha

CC0 / pixabay / Jenshina spit v kresle. Illyustrativnoe foto
Jenshina spit v kresle. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Katta yoshdagi insonlar belgilangan soatlardan kam yoki ko‘p uxlashlari kerak emas. Muntazam uyquga to‘ymaslik ham, yoki haddan ziyod ko‘p uxlash ham keksa yoshdagi insonlar uchun jiddiy xatarlarni keltirib chiqaradi.

Ushbu xatarlar haqida Sputnik radiosi efirida shifokor Vladimir Xoroshev gapirdi.

Sbor urojaya risa  - Sputnik O‘zbekiston
Uyqusizlikni keltirib chiqaradigan mahsulotlar qaysiligi aytildi

Tibbiyot xodimlarining fikricha, inson uchun uyquning o‘rtacha meyoriy darajasi - sakkiz soat etib belgilangan, bu vaqt ichida organizm o‘zini to‘liq tiklashga ulguradi. Agar yoshlikda organizm chala uyqu oqibatlarini osonlikcha yenga olsa, katta yoshdagi insonlar oromi esa belgilangan muddatdan kam bo‘lmasligi kerak, dedi Sputnik radiosiga bergan intervyusida kardiolog Vladimir Xoroshev.

"55 yoshdan katta va 60 yoshga yaqinlashayotgan insonlar ma’lum uyqu rejimiga amal qilishlari kerak. Ular 8 soatdan kam bo‘lmagan vaqt tinch uxlashlari shart. Agar keksa yoshdagi kishilar kam uxlashsar, ularning organizmi resurs bazani qayta tiklashga ulgurmaydi, bu esa barcha organlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bosh miya, yurak, jigar va oshqozon bundan aziyat chekadi. Buni yodda tutish lozim", - deya tushuntiradi Vladimir Xoroshev.

Jenshina spit. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiyada sog‘lom uyqu uchun xodimlarga qo‘shimcha maosh to‘lash boshlandi

U shuningdek, keksa yoshdagi insonlar haddan ziyod ko‘p uxlashlari maqsadga muvofiq emasligini qo‘shimcha qildi: ko‘p uxlash keksalar uchun xavfli bo‘lgan ortiqcha vazn muammosini keltirib chiqaradi.

"Odamlar ko‘pincha keksa yoshda haddan ko‘p uxlaydigan bo‘lib qolishadi. Ular umrlari davomida charchaganliklarini va endi uyquga to‘yib olishni istashlarini aytishadi. Gap shundaki, haddan ziyod ko‘p uxlash ham keksa yoshdagi insonlar uchun zararli. Tadqiqotlar 9, 10 va hatto 11 soatdan oshadigan uyqu bosh miyaning ateroskleroz shikastlanishiga yoki ensefalopatiyaga olib kelishi xavfini oshirishini ko‘rsatgan. Bu kasallik bosh miya kognitiv buzilishini keltirib chiqaradi. Natijada bu keksa yoshdagi insonlarda aqli zaiflik rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ortiqcha vazn ham keksa yoshda maqsadga muvofiq emas", - deya aniqlik kiritgan Vladimir Xoroshev.

Yangiliklar lentasi
0