Uyqusizlikni keltirib chiqaradigan mahsulotlar qaysiligi aytildi

© Sputnik / Vitaliy TimkivSbor urojaya risa
Sbor urojaya risa  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlar ovqatlanish ratsioniga meva va sabzavotlarni kiritishni maslahat berishmoqda, chunki ular uyquga ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan.

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Tozalangan uglevodlar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish uyqusizlik xatarini oshiradi. Kolumbiya universiteti huzuridagi shifokorlar va jarrohlar kolleji tadqiqotchilari xuddi shunday xulosaga kelishdi, deb xabar qilmoqda MedicalXpress.

Devushka spit. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Ishdagi uyquchanlik va kamharakatlilikka qarshi kurashish kerakmi?

Ilmiy ish mualliflari klimaks holatini boshdan kechirayotgan 50 mingdan ortiq ayollar tomonidan taqdim etilgan ovqatlanish ratsioni to‘g‘risidagi ma’lumotlarini tahlil qilishgan. Ular xulosalariga ko‘ra, shakar, oq non va guruch qondagi shakar tarkibini oshirar va bu uyqusizlik kelib chiqishining sabablaridan biri hisoblanar ekan.

Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, organizm qondagi shakar miqdorini kamaytirish uchun insulin ishlab chiqaradi. Bu esa organizmda gormonlar miqdori, shu jumladan, adrenalik va kortizol oshishiga olib kelishi mumkin. Aynan shunday holat uyqu meyori buzilishiga sabab bo‘ladi.

Olimlar ovqatlanish ratsioniga meva va sabzavotlarni kiritishni maslahat berishmoqda, chunki ular uyquga ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan.

Yangiliklar lentasi
0