TOShKENT, 22 avg - Sputnik. Braziliya prezidenti bilan yuz bergan kulgili voqea videosi internet tarmog‘ida yashin tezligida ommalashmoqda.
Kadrlarda aks etishicha, Jair Bolsonaru kap-katta erkakni bola bilan adashtirib qo‘ygan. Ayni vaqtga qadar rolik 2,5 millionga yaqin marotaba ko‘rilgan.
Gap shundaki, Serjipi shtatidagi elektr stansiyasi ochilishi marosimida Bolsonaru, bir qarashda mitti bolakayday ko‘ringan kichkintoyni dast ko‘tarib, yelkasiga mindirgan. Aslida esa, bu karliklik dardiga chalingan katta yoshdagi erkak edi.
E o Bolsonaro que levantou um anão achando que era uma criança KKKKK pic.twitter.com/etZrAc6YGv
— Gstv (@Temakidefeijao) August 19, 2020
Prezidentga nima ro‘y berganini tushuntirishganidan so‘ng, u erkakni qaytarib, pastga tushirgan va omma orasidan ketishga shoshilgan.
Aytgancha, davlat rahbari yelkasida o‘tirishga muvaffaq bo‘lgan erkakni bu holat mutlaqo uyaltirmagan. Aksincha, u juda bundan mamnun edi va tinmay o‘z xursandchiligini yashirmasdi. Ehtimol, u tinmay tabassum ham qilgandir, ammo niqob ortidan bu ko‘rinmasa-da, erkakning xushkayfiyatini hatto niqob ham yashira olmagani, rost.
Bolsonaruning o‘zi niqob taqishni yoqtirmaydi. U hatto koronavirus bilan og‘rigan bo‘lsada, ammo infeksiyaga nisbatan hamon bepisand munosabatda. Tibbiyot xodimlari Braziliyada 3,5 milliondan ziyod COVID-19ga chalinganlik holatlarini aniqlaganlar.