TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Kiyev meri Vitaliy Klichko Solomenskiy tumani aholisi bilan uchrashuvda jurnalistdan telefonni olib qo‘yishga harakat qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Holat videosi tarmoqqa joylashtirildi.
Videoda Klichko odamlar orasida turgani va ularning savollariga javob berayotgani aks etgan.
Uchrashuv qatnashchilaridan biri merdan Ukraina poytaxtida noqonuniy qurilish to‘g‘risida so‘raganda, Klichko qo‘lidagi telefonni olib qo‘yishga harakat qildi.