Buxoro viloyati hokimi koronavirusdan vafot etdi

© UzAKarim Kamalov
Karim Kamalov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq ijtimoiy tarmoqlarda Kamalov vafot etgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan, ammo 17-avgust kuni Buxoro viloyati hokimligi matbuot-xizmati ushbu xabarlar haqiqatga mos emasligi haqida bayonot bilan chiqqan edi.

TOShKENT, 22 avg - Sputnik. Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamalov 66 yoshida olamdan o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Uchastniki vistavki vserossiyskogo foruma Zdorovye natsii — osnova prosvetaniya Rossii  vo vremya demonstratsii zashitnix kostumov v Moskve  - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19: O‘zbekistonda 90%ga yaqin bemorlar sog‘aydi, BSST pandemiya qachon tugashini aytdi

"Bugun, davlat va jamoat arbobi, Buxoro viloyati hokimi v.b. Kamalov Karim Djamalovich 66 yoshida vafot etdi", - deyilgan xabarda.

Ilgariroq ijtimoiy tarmoqlarda Kamalov vafot etgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan, ammo 17-avgust kuni Buxoro viloyati hokimligi matbuot-xizmati ushbu xabarlar haqiqatga mos emasligi haqida bayonot bilan chiqqan edi.

Eslatib o‘tamiz, 30-iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamalovda ham yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangani, u hozirda Toshkentda davolanayotgani haqida xabar berilgan edi.

Karim Kamalov 1954-yilda tavallud topgan, Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tamomlagan. "Do‘stlik" va "Mehnat shuhrati" ordenlari sohibi.

Kamalov 2017-yildan 2020-yilning fevraliga qadar Buxoro shahri hokimi sifatida ishlagan, fevral oyidan esa Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan O‘ktam Barnoyev o‘rniga Buxoro hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0