TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Rossiyaning Moskva viloyatida istiqomat qiluvchi, erining rashki tufayli qo‘llaridan ayrilgan Margarita Gracheva yangi munosabatlari haqida gapirar ekan, sevgilisining qarori jiddiy ekanini, sentabrda ular nikohdan o‘tishlarini aytdi. Bu haqda "Woman.ru" portali xabar bermoqda.
Ayol to‘yga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ilk bor hikoya qilganida, internet tarmog‘idagi aksariyat foydalanuvchilar u o‘zini piar qilmoqchi, degan gumonga borishgan edi. Ammo Margaritaning tan olishicha, bu singari gap-so‘zlar uni sira ham ranjitmaydi.
"Bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘im juda to‘g‘ri taktikani tanladi: u boshida shuncha do‘st tutindi. Bu yaxshi pozitsiya, shu tufayli men unga ko‘nikdim", - deya izoh beradi Gracheva.
Ayolning aytishicha, birinchi turmushidan bo‘lgan farzandlari bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini iliq qarshi olishgan va o‘rtada yaxshi munosabat shakllangan.
"Ularning munosabatlari a’lo darajada, chiqishib ketishdi, bu esa, ona sifatida men uchun juda muhim", - deydi Margarita.
Shu bilan birga Gracheva o‘sha mash’um kun tafsilotlarini chetlab o‘ta olmadi.
"Men o‘sha mash’um kunni tushimda ko‘rmay qo‘yganman, sovuq ter bosib ham uyg‘onmayman. Shunchaki yashashda davom etapman. <...> Avval boshdan yuz bergan hodisada mening aybim yo‘qligi, bu uchun men javobgarligim haqida zarracha ham xayol bo‘lmagan. Abyuzer bo‘lish, zo‘ravonlikni qo‘llash uning (sobiq erining - tahr.) tanlovi edi - deydi ishonch bilan Margarita.
Ayolning aytishicha, erkakni otalik huquqidan mahrum etishgan.
"U mening farzandlarimga hech kim. U bilan muloqot qilishlari imkonsiz, deb bilaman. Buni nima keragi bor? U bolalarga nima bera oladi?", - deya xulosa qiladi Gracheva.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning oxirida eri Margaritani bir necha bor o‘rmonga olib borib, o‘ldirish bilan qo‘rqitgan. Rashk o‘tida yongan er Margaritaning qo‘llarini bolta bilan chopgan. U kamida o‘nta zarba bergan. Sud erkakni 14-yil qat’iy rejimdagi koloniyaga hukm qildi, va ikki million rubl komensatsiya to‘lash majburiyatini yukladi.
Gracheva sud qaroridan rozi emasligini aytgan. Shifokorlar ayolning bitta qo‘lini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lganlar, ikkinchisining joyida protez o‘rnatilgan.