Eri qo‘llarini chopib tashlagan Margarita yana turmushga chiqmoqda

© Foto iz lichnogo arxiva Margariti GrachevoyMargarita Gracheva s bioprotezom na ruke
Margarita Gracheva s bioprotezom na ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilning oxirida Grachovaning turmush o‘rtog‘i ayolni bir necha marotaba o‘rmonga olib borgan va o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Rashk o‘tida yongan erkak Margaritaning qo‘llari panjalarini chopib tashlagan, u oybolta bilan kamida o‘nta zarba bergan.

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Moskva viloyati Serpuxov shahrida istiqomat qiluvchi eri rashk tufayli qo‘llarini chopib tashlagan Margarita Gracheva, sentabrda turmushga chiqmoqda. Ayol bu haqda o‘zining instagramida yozib qoldirgan.

Postradavshaya ot domashnego nasiliya jenshina iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Gruppaviy seksga majburlab, yoqvormoqchi bo‘ldi: jizzaxlik ayol sadist bilan turmushi haqida

"Hozirda faol tayyorgarlik ketmoqda, umid qilamanki, virus bizga halal bermaydi", - deb yozgan u.

Internet foydalanuvchilarining aksariyati Margaritani kutilayotgan tantanali marosim bilan qutlashga shoshilganlar. Ammo rossiyalik bu ayolni o‘zini "piar qilishda" ayblaganlar ham topilgan.

Gracheva "360"ga bergan izohida, bu singari iddaolar unga sira ta’sir qilmasligini aytgan.

"Xeyterlar hamma narsaga munosabat bildiradilar. Har bitta harakatni muhokama qiladilar. Men bu holatga hotirjam qarayman, bo‘lib o‘tgan voqealar tufayli ma’lum ma’noda mashhur bo‘lib ketdim. Shunchaki, bundaylarga umuman javob bermayman", - degan ayol.

Margarita jurnalistlarga to‘y tafsilotlarini oshkor qilmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar kelajakda jamoatchilik bilan shaxsiy hayoti ikir-chikirlari haqida o‘rtaqlashish istagi paydo bo‘lsa, balki shunday qilar ham.

Topor, votknutiy v pen - Sputnik O‘zbekiston
Navoiylik ayol erini bolta bilan chopib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

2017 yilning oxirida Grachovaning turmush o‘rtog‘i ayolni bir necha marotaba o‘rmonga olib borgan va o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Rashk o‘tida yongan erkak Margaritaning qo‘llari panjalarini chopib tashlagan, u oybolta bilan kamida o‘nta zarba bergan.

Sud erkakni 14-yillik qat’iy tartibdagi koloniyaga mahkum etdi hamda ikki million rubl miqdorida kompensatsiya to‘lash majburiyatini yukladi. Grachova sudning bu qaroriga e’tiroz bildirgan. Shifokorlar ayolning bitta qo‘lini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lganlar, ikkinchisiga esa protez o‘rnatilgan.

Margaritaning tan olishicha, u mushukni silayaptimi yoki yostiqni, ajrata olishga qodir emas.

Ammo uy ishlarini mustaqil bajara oladi. Shunday bo‘lsada, mayda motorika bilan bog‘liq muammolar bartaraf bo‘lmagan, misol uchun, Margarita zakolka qaday olmaydi, tugmani yecholmaydi.

"Shuningdek, yozolmayman", — degan u. Protez yordamida ayol faqatgina imzo cheka oladi.

Yangiliklar lentasi
0