Rossiya o‘z hududi tomon har qanday raketa zarbasi sodir bo‘lgan taqdirda yadroviy potensialidan foydalanadi, chunki uchib turgan jangovar kallachi tarkibini bilib bo‘lmaydi. Bu haqda yaqinda "Krasnaya Zvezda" gazetasida chop etilgan Qurolli kuchlar Bosh shtabining "Rossiya Federatsiyasining yadroviy tiyib turish sohasidagi davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida" maqolasida aytilgan.
Bunday vaziyatda dushmanning maqsadi Rossiyani yo‘q qilish deb tushunilib, "javob o‘ta halokatli" bo‘ladi. Javobning variantlaridan biri suv tubida joylashtirilgan “Skif” qit’alararo ballistik raketalarning (MBR) zalpli zarbasi bo‘lishi mumkin, ularning soni, joylashtirilishi nuqtalari, zarb quvvati va parvoz trayektoriyasi faqat mutaxassislarning tor doirasiga ma’lum.
Nazariy jihatdan dushman jangovor qo‘riqlash hududida 955 loyihasining "Borey" strategik raketa suv osti kemalarini kuzatib, ularga hujum amalga oshirishi mumkin, 150ta individial nishonga oluvchi bloklari bilan jihozlangan gipertovush “Yars” majmualariga preventiv zarbalarini berishi mumkin, zarba berish chegaralariga yaqinlashayotgan Rossiya strategik raketa tashuvchi-bombardimonchilarning ma’lum bir sonini urib tushurishi mumkin.
Va bu holatda (agar omadi aql bovar qilmaydigancha chopsa), Dunyo okeani tubidan javob zarbi amalga oshirilida. “Skif”ga qarshi qurolsizlantiruvchi (oldini oluvchi) zarba berish texnologik jihatdan imkonsizdir.
Rossiyaning strategik yadroviy kuchlarining ko‘rinmas tarkibiy qismi bo‘lgan suv tubida joylashgan “Skif” ballistik raketalari yillar davomida dengiz tubida jangovar navbatchilikda turib (kutish holatida), buyruq bilan quruqlik va dengiz nishonlariga zarba berishga qodir.
Raketaning axborot makonida mahfiyligi bilan ajralib turadi, bu esa “Rubin” Markaziy konstruktorlik burosi va Makeyev nomidagi Davlat raketa markazining ishlanmasining yuqori samaradorligidan dalolat beradi.
Taxminlarga ko‘ra, "Skif" - bu dengizda joylashtirilgan mashhur "Sineva" MBRning rivojlanishi bo‘lib, u takomillashtirilgan parvoz xususiyatlari va so‘nggi sun’iy intellektga ega. “Skif”ning eng muhim xususiyatlaridan biri yuqori jangovar chidamliligi va foydalanishning nisbatan past narxi.
Konteynerdagi sir
Suv tubida joylashtiriladigan "Skif" MBR suv osti kemalarining uzoq masofaga uchadigan raketalar turkumiga tegishli bo‘lib, dengiz tubida ulkan bosim va tajovuzkor muhitdan ishonchli himoya qiluvchi hamda dengiz flotining qo‘mondonlik punkti bilan aloqani ta’minlaydigan uchiruvchi konteynerda joylashtirilgan.
Raketani ko‘p yillar davomida sho‘r suvning sizib kirishidan himoya qila oladigan zich yopilgan va zanglamaydigan "o‘ram"ini yaratish loyihaning asosiy texnik muammosi edi. Va bugungi kunda dengizdagi “Skif”ni topishdan ko‘ra pichanda ignani topish osonroq.
Yuqori yashiringanlik va noyob jangovar chidamlilikka ehtimoliy dushman torpedalari uchun dahlsiz bo‘lgan, dengiz tubida katta chuqurlikda MBRning hatto yadroviy zarbani samarali ravishda zaiflashtiradigan uchirish konteynerini o‘rnatish orqali erishish mumkin. Maxsus suv osti kemasi “Skif” raketasini joylashuv nuqtasiga yetkazadi. Joylashuv nuqtasini mavjud va istiqbolli razvedka vositalari bilan kuzatib bo‘lmaydi.
Jangovar vaziyatda, konteyner kelgan signalga asosan balastni damlab (suv osti kemasi kabi) kerakli chuqurlikka ko‘tarilib, raketani o‘z dasturi bo‘yicha nishonga uchiriladi. Agar “Sineva” MBR masofasi 8000 km dan ortiq bo‘lgan bo‘lsa, yanada mukammalroq “Skif” undan ham uzoqroqqa uchadi, deb taxmin qilish mumkin.
Ta’kidlash joiz, Rossiyaning ichki suv hududlarida jangovar navbatchilik, (1970 yilning) “Dengiz tubi haqida shartnoma”ga zid emas, unga muvofiq qirg‘oqqa tutashgan 12 millik hududdan tashqariga dengiz tubiga yadro qurolini joylashtirish taqiqlangan.
Masalan, Arktika shelfida va Tinch okeanining qirg‘oqbo‘yi suvlarida suv tubida MBRlarni o‘rnatish uchun juda ko‘p qulay joylar mavjud - ular ehtimoliy dushman hududidagi nishonlarga imkon qadar yaqin.
Va bu "Rossiya tahdidi" emas, balki G‘arbning tajovuzkor intilishlarini, Shimoliy dengiz yo‘li va Rossiya Arktikasining, Uzoq Sharq va Kuril orollarining tabiiy boyliklariga da’volarni to‘xtatishga jiddiy omil.
“Skif” MBRning iqtisodiy tekkislikdagi afzalliklari shubhasiz. Raketa tashuvchi atom suv osti kemalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish juda qimmat, ekipajni tayyorlash ham qimmatga tushadi.
Suv tubida joylashtirilgan raketa foydalanish mudduatlari va shu bilan birga o‘zining dastlabki jangovar salohiyatini saqlagan holda, uchishga shayligi va aniq zarba berish qobiliyatini saqlab qolishi bo‘yicha har qanday suv osti kemasi afzalliroqdir. Bu Rossiyaning kollektiv G‘arb tomonidan e’lon qilingan yangi qurollar poygasiga javobidir.
Skifning birinchi sinovi 2008-yilda amalga oshgani, zavod sinovlari 2013-yil yozida Oq dengizda boshlangani ma’lum, 2017-yilda esa Federatsiya Kengashining Mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mita rahbari Viktor Bondarev, suv tubida joylashtirilgan MBR allaqachon Rossiya Qurolli kuchlar arsenali tarkibida ekanligini ma’lum qilgan. Demak, yangi raketa vaqt sinovidan o‘tdi va bizning e’tiborimizga loyiqdir.
Hom-xayollar qurbonlari
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2-chi iyun kuni “Yadroviy tiyib turish sohasidagi davlat siyosatining asoslari”ni tasdiqladi. Hujjatga ko‘ra, ehtimoliy dushman tajovuz uchun qasos muqarrarligini bilishi kerak. Nima bo‘lmasin, Rossiya yadroviy qurolni faqat to‘xtatib turuvchi vosita sifatida ko‘radi.
Eslatib o‘taman, 1970-chi yillarda AQSh raketalarni dengiz tubiga joylashtirish g‘oyasidan voz kechdi va Yevropada o‘rta masofaga mo‘ljallangan raketalarni joylashtirishga kirishdi. AQSh yadroviy strategiyasining hujjatlarida uchib borish vaqti bo‘yicha yutuqqa erishish va G‘arbiy Yevropada ilg‘or joylashtirish tizimi hisobiga g‘alabaga erishishning agressiv doktrinasi paydo bo‘ldi.
Vashington rejalariga ko‘ra 570 dan ortiq qattiq yoqilg‘ili Pershing-2 raketalari SSSRdagi nishonlarga 1800 km (Moskvagacha - 8 daqiqa ichida) masofaga sig‘imi 80 kiloton bo‘lgan yadro monobloklarini yetkazib berishi kerak edi.
Ya’ni, bugungi kunda ushbu tarix boshqa texnologik darajada takrorlanmoqda va ilg‘or joylashuv tizimi (Forward Based System) bizning ko‘z o‘ngimizda endi Germaniyadan Polshaga ko‘chmoqda. AQShning strategik qurollar sohasidagi harakatlari yadroviy quroldan foydalangan holda "global zarba" konsepsiyasini amalga oshirishga qaratilgan.
AQSh va NATO faollari Rossiyaning iqtisodiy rivojlanishi va xalqaro ta’sirining o‘sishini harbiy vositalar bilan “to‘xtatib turishga” harakat qilmoqdalar, chunki u kollektiv G‘arbni gipertovush raketalar, yadro suv osti kemalari, 5-avlod qiruvchi samolyotlari, “Poseydon” turkumidagi uchuvchisiz suv osti kemalari va boshqa har qanday tajovuzkorni mag‘lub etishni kafolatlaydigan yuqori texnologiyalarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishda ortda qoldirdi.
Harbiy maslahatchilar Amerikaning aqldan ozgan siyosatchilariga biron bir maslahat berishdan qo‘rqayotgan aql bovar qilmaydigan holat vujudga kelmoqda, chunki ular doktrina va voqelik o‘rtasidagi farqni ko‘rishmoqda.
Deyarli yigirma yil davomida Pentagon va uning ittifoqchilari Afg‘onistonda uncha qurollanmagan "Tolibon"* terrorchilik tashkilotini mag‘lub etish uchun juda qimmat harbiy operatsiyalarni o‘tkazdilar.
Natijada AQSh raqib bilan Amerika armiyasi uchun sharmandali bo‘lgan tinchlik shartnomasini tuzib, kuchsiz davlat - Afg‘oniston Islom Respublikasini o‘z taqdiriga tashlab ketmoqda.
Afsuski, Vashingtonda to‘g‘ri xulosalar chiqarilmadi-da va g‘ayrat bilan Rossiyaning uydirma tahdididan "Yevropani qutqarish"ga qaror qilishdi. Biroq, "Skif"lar va RF xavfsizligining boshqa kafolatlari xushor turmoqda.
* Rossiya Federatsiyasi va boshqa bir qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti