"Doktrina tajovuzkorlikdan iborat": AQSh harbiylari Yer orbitasini bosib olish niyatida

© U.S. Air Force / Maj. Christopher VasquezSotrudniki eskadrili setevix operatsiy bazi VVS SShA Leklend vo vremya ucheniy po otrajeniyu kiberatak
Sotrudniki eskadrili setevix operatsiy bazi VVS SShA Leklend vo vremya ucheniy po otrajeniyu kiberatak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jang maydonini to‘liq nazoratga olish, raqibning rejalarini oldindan bilib olish va uni Yer atrofdagi orbitadan butunlay siqib chiqarish - o‘tgan yilning dekabr oyida tashkil etilgan AQSh Fazoviy kuchlari qo‘mondonligi birinchi harbiy doktrinani chop etdi.

TOShKENT, 17 avg - Sputnik, Andrey Kos. Jang maydonini to‘liq nazoratga olish, raqibning rejalarini oldindan bilib olish va uni Yer atrofdagi orbitadan butunlay siqib chiqarish - o‘tgan yilning dekabr oyida tashkil etilgan AQSh Fazoviy kuchlari qo‘mondonligi birinchi harbiy doktrinani chop etdi. 64 sahifada - yangi qo‘shinlarning maqsad va vazifalari, shuningdek, ularning boshqa qurolli kuchlarga nisbatan ustunliklari batafsil bayon qilingan. Hujjatning asosiy tezislari haqida - RIA Novosti materialida.

Soprovojdenie samoleta YeR-3E Aries VMS SShA nad Chernim morem - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Su-27 qiruvchisi AQSh razvedka-samolyotini chegaradan qaytardi

Balandlikni ishg‘ol etish

Asosiy mohiyat: kosmos AQSh Qurolli kuchlariga harbiy operatsiyalarni rejalashtirish va o‘tkazish uchun noyob imkoniyatlarni ochib beradi. Hujjat mualliflari eslatishicha, qadimgi zamonlardan qo‘mondonlar jang oldidan tepalikni egallab, shu bilan strategik ustunlikka ega bo‘lishga harakat qilganlar: raqibning harakatlarini kuzatish, jang maydonini hech qanday to‘siqlarsiz ko‘rib turish, kutilmagan hujum ehtimolini istisno qilish uchun. XXI asrda eng samarali pozitsiya - bu Yer orbitasi. Pentagonning fikriga ko‘ra, uni aynan AQSh Fazoviy kuchlari nazorat qilishi kerak.

Kosmosdagi harbiy harakatlar qurolli kuchlarning boshqa sohalari vakolati sohasi sifatida emas, balki urush harakatlarining alohida sohasi sifatida qaraladi. Orbitada "ustunlikka erishish" uchun o‘ta tajovuzkor harakat qilish kerak. E’lon qilingan doktrinaga ko‘ra, kosmosda faqat hujum qilish kerak.

Vaksina - Sputnik O‘zbekiston
AQSh COVID-19 vaksinasini ishlab chiqishda Rossiya yordamini rad etgan - CNN

"Hujum operatsiyalari dushmanning kosmik imkoniyatlari va kosmik mudofaa tizimlariga, raqib kuchlarining samaradorligi va halokatliligini pasaytirishga qaratilgan, - deyiladi hujjatda. - Do‘st bo‘lmagan davlatlarning kosmik missiyalarini muddatidan oldin zararsizlantirish imkoniyatiga va ustunlikka erishish kerak."

Bu yerda gap nafaqat raketalarga qarshi mudofaa tizimlari haqida ketmoqda – gap "raqibning barcha sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi potensiali" haqidadir. Amerikaliklar, shuningdek, "raqibning hujum qilish vositalarini zararsizlantirish va tahdidlar darajasini pasaytirish" uchun mudofaa operatsiyalarini, shu jumladan faol operatsiyalarni o‘tkazish huquqini saqlab qolishadi.

Neftanaya kachalka - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyadan rekord miqdorda neft sotib oldi

Guruhlarni ko‘paytirish

Kosmik kuchlar Yer orbitasi xavfsizligi "ta’minotiga", unga AQSh va uning ittifoqchilari kirishini ta’minlashga va raqiblarni qo‘rqitish va o‘zlarini xatti-harakatlarini o‘zgartirishga majbur qilish uchun jangovor kuchni namoyishiga javobgardir. Yuklar va xodimlar ko‘p marotaba ishladilagina kemalarda yetkaziladi, taktik, operativ va strategik darajada ma’lumotlarni tezkor uzatish uchun kuchli sun’iy yo‘ldosh turkumi yaratilishi talab qilinadi. Atmosfera orti razvedka, kuzatuv va aloqa qurilmalariga alohida o‘rin ajratiladi - ular Amerika harbiylarining kosmosda bo‘lishlari uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Perviy polet noveyshego bespilotnika Oxotnik - Sputnik O‘zbekiston
"Ko‘rinmas" qotil: Rossiyaning "ovchi" droni AQSh va NATOni nega tashvishga solyapti?

AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari armiyalari sun’iy yo‘ldoshlardan faol foydalanishayotgani sir emas. Aynan kosmosda qo‘shinlar va qurollar, razvedka, aloqa va navigatsiyani boshqarishning asosiy vositalari yig‘ilgan. Orbitada G‘arbning mingga yaqin harbiy va ikki tomonlama maqsadli apparatlari navbatchilik qilmoqda.

Rossiya kosmik kuchlari G‘arbiy mamlakatlarning sun’iy yo‘ldoshlarining harakatlarini, ularning suv va quruqlikning ustida ma’lum hududlarida joylashishi, har qanday yerdan uchib o‘tish davriyligini kuzatishga qodir texnik vositalar va mutaxassislarga ega.

Orbital guruhning xatti-harakatlari bo‘yicha potensial dushmanning niyatlari haqida ko‘p narsalarni bilsa bo‘ladi. Xususan, havo hujumi operatsiyasi doirasida yirik raketa va havo zarbasi paytini aniqlik bilan taxmin qilish mumkin.

Prezident SShA Donald Tramp na voyennoy aviabaze Ramshtayn, Germaniya - Sputnik O‘zbekiston
Tramp AQSh va butun dunyo manfaati uchun Germaniyadan qo‘shin olib chiqmoqda

Doktrina mualliflari AQShning barcha raqiblarini Amerika orbital guruhi to‘g‘risida biron bir ma’lumot olish imkoniyatidan mahrum qilish zarurligini ta’kidlamoqda. Shu maqsadda DARPA ilg‘or mudofaa ishlanmalarini rivojlantirish agentligi bir necha yillardan beri bitta tarmoqqa ulangan 200 tagacha kichik yo‘ldoshlarni past orbitaga uchirishni ta’minlaydigan Blackjack dasturini amalga oshirib kelmoqda. Ishonilishicha, ushbu qurilmalarning kichik o‘lchamlari kosmik razvedka orqali ularni aniqlashni murakkablashtiradi va ularning ko‘pligi ularni yo‘q qilishni qiyinlashtiradi. Bu guruh, Pentagonning rejalariga ko‘ra, 2022-yilda joylashtirila boshlaydi.

Yulduzlar jangi

Ko‘pchilik mutaxassislar, holat faqat yo‘ldoshlar bilan cheklanib qolmasligiga ishonishadi. Chop etilgan hujjatda bu haqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytilmagan, ammo amerikaliklar ertami-kechmi yaqin orbitaga harbiy qurolni joylashtirishi aniq. Bu haqda Sputnik radiosi efirida MGIMO Harbiy-siyosiy tadqiqotlar markazi direktori Aleksey Podberezkin ma’lum qildi.

Protestuyushie v Vashingtone vo vremya popitki povalit statuyu Endryu Djeksona na ploshadi Lafayet u Belogo doma  - Sputnik O‘zbekiston
AQSh qay tarzda Rossiya "propagandasi va soxta axborot ekotizimi"ni fosh qildi

"Gap zarba berish qurollari haqida ketmoqda: kinetik, lazer, elektromagnit va boshqalar, - deydi mutaxassis. - Bu har narsa bo‘lishi mumkin. Tasavvur qiling, ustimizdan yuk bo‘linmasiga besh-olti kubometr zaharlovchi modda joylashtirilgan sun’iy yo‘ldosh uchib bormoqda. Ma’lum bir daqiqada konteyner ochilib, undagi barcha narsala boshimizga tushadi. Bu taxminiy variantlardan biri va unaqalar juda ko‘p. Agar yo‘ldoshlarga kosmik zarba berish qurollari o‘rnatilgan bo‘lsa, unda o‘q-dorilarning mo‘ljalga uchish vaqti davomiyligi keskin qisqarishini tushunishimiz kerak. Hozirda butun mudofaa tizimi raketalarning uchirilishini o‘z vaqtida aniqlash va ularni tezlashish bosqichida yo‘q qilishga asoslangan. Agar ushbu sun’iy yo‘ldosh bizning boshimiz uzra uchsa, u eng qisqa trayektoriya bo‘ylab uchadi. Shuning uchun bularning barchasi Rossiyaning xavfsizligiga haqiqiy tahdiddir".

Podberezkin ta’kidlashicha, bizda orbitadan hujum xavfini zaiflashtiradigan, sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi tizimlar ishlab chiqilmoqda. Ammo mutaxassis bu safar kosmosda qurollarning yangi, juda qimmat poygasidan xavfsiraydi.

Yangiliklar lentasi
0