Toshkentda morgdan jasad chiqarishni biznesga aylantirmoqchi bo‘lgan ekspert ushlandi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSledstvenniy izolyator, arxivnoe foto
Sledstvenniy izolyator, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Morg xodimi 15-avgust kuni vafot etgan fuqaroning murdasini o‘likxonadan chiqarib berish evaziga 200 AQSh dollarini tamagirlik yo‘li bilan talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

TOShKENT, 18 avg - Sputnik. Mayitni o‘likxonadan chiqarish evaziga 200 AQSh dollari talab qilgan ekspert ushlandi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Lyudi v zashitnix kostumax provodat seremoniyu pogrebeniya cheloveka umershego ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusdan vafot etgan bemorlar belgilangan tartibda dafn etiladi - SSV

Sal oldin ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘likxonalardan jasadlarni chiqarishda katta navbatlar yuzaga kelayotgani haqida xabar berishgan edi. Bundan tashqari, mayitni morgdan olib chiqish uchun pul to‘lashga to‘g‘ri kelayotgani ham qo‘shimcha qilingan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan biznesmen-ekspertni ushlash uchun tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Toshkent shahar filiali boshlig‘i o‘rinbosari va o‘rindoshlik asosida komission ekspertizalar bo‘limi sud-tibbiy eksperti Z.U. o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, shu ishga qo‘l urgani aniqlangan.

Z.U fuqaro I.ning 15-avgust kuni vafot etgan qarindoshi murdasini o‘likxonadan chiqarib berish evaziga 200 AQSh dollarini tamagirlik yo‘li bilan talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Z.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0