Koronavirusdan vafot etgan bemorlar belgilangan tartibda dafn etiladi - SSV

© AP Photo / Ebrahim NorooziLyudi v zashitnix kostumax provodat seremoniyu pogrebeniya cheloveka umershego ot COVID-19
Lyudi v zashitnix kostumax provodat seremoniyu pogrebeniya cheloveka umershego ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirusdan vafot etgan bemorlarni daft etish jarayonlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Respublika sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.

TOShKENT, 17 avg - Sputnik. Koronavirusdan vafot etgan bemorning dafn marosimi qat’iy belgilangan tartibda amalga oshiriladi, internetda tarqatilayotgan turli mish-mishlarga ishonmang, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. 

Birinchidan, jasadni uning yaqinlariga berish jarayoniga davolovchi shifokor aralashmaydi. Agar bemor shifoxonada vafot etsa, hech qachon biror shifokor uni shunday chiqarib yaqinlariga berib yubora olmaydi. Bunday holat yuz bergan taqdirda, o‘sha xodimga nisbatan chora qo‘riladi.

Ikkinchidan, barcha ishlar patologik anatomiya muassasasida belgilangan tartibda bajariladi. Qolaversa, muassasa xodimi jasadni o‘rashdan oldin, albatta uning yuzini yaqinlariga ko‘rsatib , aniqlik kiritadi. Barcha jarayonlar hujjatda to‘la aks etadi, — deydi Respublika patologik anatomiya markazi direktori, professor Rajabboy Isroilov.

Hozirgi kunda koronavirusdan vafot etgan bemorlarni daft etish jarayonlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Respublika sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Ulamolar kengashi a’zosi Mirzamaqsud Alimov ham ushbu vaziyatga doir maxsus yo‘riqnomalar haqida xabar qilgan edi. Xususan, agar mayyit tibbiy xodimlar tomonidan maxsus matolar bilan o‘rab qo‘yilgan bo‘lsa, ularni tibbiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan ochish mumkin emas. Bunda mayyitni qayta g‘usl qilish shart bo‘lmaydi. Janoza namozi uzog‘i bilan 5-7 daqiqa davom etishi lozim. Janozada sog‘ligi zaif, keksalar va yosh bolalar ishtirok etmasliklari kerak. Qatnashuvchilar ijtimoiy masofani saqlashlari muhim, - degan edi kengash a’zosi. 

 

Yangiliklar lentasi
0