O‘zbekistonda koronavirus: 18-avgust asosiy xabarlari

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishUchastniki vistavki vserossiyskogo foruma "Zdorovye natsii — osnova prosvetaniya Rossii" vo vremya demonstratsii zashitnix kostumov v Moskve
Uchastniki vistavki vserossiyskogo foruma Zdorovye natsii — osnova prosvetaniya Rossii  vo vremya demonstratsii zashitnix kostumov v Moskve  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Cutka davomida 425 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 36 352 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Volonter pokupayet neobxodimie lekarstva po spisku dlya pensionerki - Sputnik O‘zbekiston
BP koronavirus fonida boyib qolishni istagan MChJlarni fosh qildi

Bir sutka davomida 425 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 36 352 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 222 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Samarqand viloyatida hamda 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 482 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 32 062 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 88 foizga yetdi.

Sledstvenniy izolyator, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda morgdan jasad chiqarishni biznesga aylantirmoqchi bo‘lgan ekspert ushlandi

Ayni paytda 4 048 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Yashnobod tumanida yashagan 60 yoshli D.P. (ayol) hamda Uchtepa tumanida yashagan 52 yoshli A.E. (erkak), Yunusobod tumanida yashagan 67 yoshli M.Yu. (ayol) hamda Angren shahrida yashagan 61 yoshli M.G. (ayol) vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 242 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Yuz million dollarlik kredit

Osiyo infratuzilma investitsiya banki (AIIB) O‘zbekistonga 100 million dollar miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi, ushbu mablag‘ sog‘liqni saqlash sohasida shoshilinch yordam ko‘rsatish va COVID-19 chaqiruvlariga javob berish uchun ishlatiladi.

Loyiha Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan moliyalashtirilib, O‘zbekistonning COVID-19’ni diagnostika qilish, test  o‘tkazish va davolashga qaratilgan. O‘zbekiston aholisiga, ayniqsa kasal bo‘lgan yoki xavf ostida bo‘lgan odamlarga, xususan qariya va surunkali kasalliklarga chalinganlarga yordam ko‘rsatiladi.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy vaksinasi yil oxirida sotuvga chiqariladi

Maktab va bog‘chalar ochilishiga tayyorgarlik

O‘zbekistonda maktab va bog‘chalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda ta’lim muassasalarida amal qiluvchi sanitariya meyorlari ishlab chiqilmoqda. Meyorlar Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi hamda barcha tomonidan bajarilishi birdek majburiyligi belgilab qo‘yiladi. Shundan keyin maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablariga faoliyatini boshlash uchun ruxsat berilishi aytilmoqda.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 21,8 milliondan oshdi, 774 ming kishi vafot etdi, 13,8 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (5,4 mln), Braziliyada (3,4 mln), Hindistonda (2,7 mln).

Yangiliklar lentasi
0