TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Aktrisa Anjelina Joli AQShdan Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tishni istayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Mirror nashri xabar qildi.
Nashr yozishicha, aktrisa Richmondda ko‘chmas mulkni sotib olishni ko‘rib chiqmoqda. Ushbu hududda u 2011-yilda sobiq turmush o‘rtog‘i Bred Pitt bilan film tasvirga olish vaqtida yashagan.
Uning fikriga ko‘ra, Richmond madaniyat va ta’lim nuqtayi nazaridan bolalar uchun ideal joy.
O‘tgan yilning noyabr oyida “Oskar” mukofoti sovrindori Harper's Bazaar jurnaliga bergan intervyuda AQShdan ketishni istayotganini aytgandi. Biroq farzandlari 18 yoshga to‘lmagani sababli buni amalga oshira olmagan.
Joli va Pitt 2016-yilda 2-yillik nikohdan va deyarli 10-yillik munosabatlardan so‘ng ajrashishdi.
Juftlik 6 nafar farzandni tarbiyalamoqda – Meddok, Zaxaru, Paks (asrab olingan) hamda Shaylo, egizaklar Noks va Vivyen.
Meddoks avgust oyida 18 yoshga to‘ldi, u Janubiy Koreya universitetida tahsil olmoqda. Boshqa farzandlar esa AQShda istiqomat qiladi.