Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajrashish sababini oshkor qildi

© Sputnik / Aleksey Petrov / Mediabankka o‘tishAndjelina Djoli i Bred Pitt
Andjelina Djoli i Bred Pitt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik aktrisa Anjelina Joli aktor Bred Pitt bilan ajrashish sababi haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ajrashish jarayonida jurnalistlar uning sukut saqlashidan foydalanishdi.

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Amerikalik aktrisa Anjelina Joli aktor Bred Pitt bilan ajrashish sababi haqida gapirdi.

Aktrisa Anjelina Joli Oskar mukofoti marosimida. 26.02.2012 y. - Sputnik O‘zbekiston
Maftunkor Anjelina Joli – 45 yoshda

"Men u bilan oilamning farovonligi uchun ajrashdim. Bu to‘g‘ri qaror edi", dedi Joli Voguega bergan intervusida. Aktrisa bu yerda farzandlarini nazarda tutganini aytadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ajrashish jarayonida jurnalistlar uning sukut saqlashidan foydalanishdi, bolalar esa ommaviy axborot vositalarida o‘zlari haqida yolg‘on ma’lumotlarni o‘qishdi.

Aktrisa farzandlariga doimiy ravishda "o‘z boshlari bilan o‘ylashlari" kerakligini eslatib keladi.

Joli va Pitt 2016-yilda ikki yillik nikohdan va deyarli o‘n yillik munosabatlardan keyin ajrashishdi. Ular orasida oltita farzand bor, ulardan uchtasi asrab olingan.

Yangiliklar lentasi
0