TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda o‘z tarafdorlari oldida nutq so‘zladi.
Lukashenko aytgan asosiy fikrlar:
- “NATO qo‘shinlari darvozamiz oldida gusenitsa bilan g‘ijirlamoqda”. "Qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchilar" Belarusning g‘arbiy chegaralarini Brest yaqinida emas, Minsk yaqinida ko‘rishmoqda, bu amalga oshmaydi.
- “Biz Rossiya va Yevropa o‘rtasida sanitar zonaga aylanmasligimiz kerak, biz Yevropa uchun hojatxonaga aylanmasligimiz kerak.
- Litva, Latviya, Polsha va afsuski, qardosh Ukraina bizga yangi saylovlar o‘tkazishni buyurmoqda. Agar biz ularning ko‘rsatmalariga amal qilsak, biz xalq sifatida halok bo‘lamiz.
- Agar belaruslar islohotlarni istasa, hukumat ularni ertaning o‘zida boshlaydi.
- “Saylovlar bo‘lib o‘tdi, 80 % soxtlashtirib bo‘lmaydi". "men bu yerda hokimiyatga opishib qolganim uchun turganim yo‘q. Chorak asr davomida yoshligimni, eng yaxshi kunlarimni sizga xizmat qilishga sarfladim, meni qulatsangiz, bu siz uchun intihoning boshlanishi bo‘ladi”.
- “Men o‘lsam ham, davlatni topshirishingizga yo‘l qo‘ymayman”.
- Lukashenko raqiblarini ogohlantirdi: harbiylarni "qo‘rqitish" kerak emas - bu "olov bilan o‘yin". "Davlat OAV jurnalistlariga, ularning oilalariga tegmanglar, xudo ko‘rsatmasin, ular bilan bir narsa bo‘lsa, to‘liq javob berasizlar".
Belarus IIV ma’lumotlariga ko‘ra, Lukashenkoni qo‘llab-quvvatlash mitingida 65 ming kishi ishtirok etdi.
Poytaxtning boshqa joyida – G‘oliblar shoh ko‘chasida aholi norozilik namoyishiga yig‘ilmoqda.