107 yoshli Ruxsat momodan uzoq yashashning oltin qoidasi

© Press-slujba Bulungurskogo rayonaDolgojitelnitsa iz Samarkandskoy oblasti
Dolgojitelnitsa iz Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hammaga yaxshi ayonki, kamida saksondan oshish uchun sog‘lom turmush tarziga amal qilish kerak. Ammo, qanday qilib yuzdan oshsa bo‘ladi - hamon tibbiyot jumbog‘i bo‘lib qolmoqda. Sputnik nashri ushbu savol bilan bulung‘urlik 100 yoshdan oshgan Ruxsat momoga murojaat qildi

TOShKENT, 15 avg - Sputnik. Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida O‘zbekistonning eng keksa yashovchilaridan biri - 107 yoshli Ruxsat momo Rayimova istiqomat qiladi. Momo 1913-yilning 1-iyunida tavallud topgan. Butun umr pillachilik bilan shug‘ullangan.

Zabeg po chaynim plantatsiyam v Sochi - Sputnik O‘zbekiston
Britaniyalik olimlar uzoq umr ko‘rish sirini ochib berishdi

Ostona xatlab kelgan muxbirlarni tetiklik bilan kutib olgan momo an’anaga ko‘ra qo‘lini duoga ochadi: "Ilohim, hamma sog‘-salomat, o‘ynab kulib yursin! Toshkentdagi ukam svetlarni yoqib, pensiyalarni berib qo‘yibdi, ilohim boshi hamisha omon bo‘lsin!".

Rixsi momoning yonidagi jiyani, bu gapdan so‘ng, muxbirlarga "Prezidentimizni "ukam" deydilar", - deya tushuntiradi va o‘z navbatida momoga qarab: "Amma, prezident so‘zini aytishga qiynalsangiz, hech bo‘lmasa, poshshomiz, deng", deydi hijolat tortib. Ammo Ruxsat momo: "Yo‘q, ukam, deyman", deya unamaydi.

Momoning turmush o‘rtog‘i vafot etgan. To‘rt qizi borligini, hammasi pensiyaga chiqib ketganini aytadi. 92 nafar nevara-chevaralari, 18ta nevara kelini, 10 nafar duvarasi borligini aytadi. 

Uzoq umr ko‘rgan yaponiyalik otaxon Ginness kitobiga kiritildi

Momo "Uzoq yashash siri nimada?", deb berilgan savolga, "Umrim mehnatda o‘tgan, tinmay mehnat qilganmiz (bir pas jim qolib, nimadir esiga tushgandek, chehrasi yorishib davom etadi) men hali ham ish qilib turaman, bilsangiz. O‘tinlarni maydalab tashlayman! Boltam, arram, cho‘tim bor, hech kimga bermayman. Kelinlarga yordam qilib turaman. Ishlamasam, kasal bo‘lib qolaman. Bolalar yoting, dam oling, deydi, yotmayman, deyman", - deydi yana o‘ziga xos qaysarona ohangda momo.

Koronavirus infeksiyasidan qanday saqlanayotganiga to‘xtalar ekan, uydan deyarli chiqmasligini aytadi.

© Press-slujba xokimiyata Bulungurskogo rayonaDolgojitelnitsa iz Samarkandskoy oblasti
107 yoshli Ruxsat momodan uzoq yashashning oltin qoidasi - Sputnik O‘zbekiston
Dolgojitelnitsa iz Samarkandskoy oblasti

"Nevaralarim, havodan nimadir burningizga kirib, kasal qiladi. Uydan chiqmang, deyishdi. Yana nimadir (maska demoqchi - tahr.) taqib yurish kerakligini aytdi. Uydan chiqmayapman. Hamma sog‘-salomat bo‘lsin, dard yaqin yo‘lamasin, zamonimiz tinch bo‘lsin", - deya duo qiladi yana suhbat yakunida Ruxsat momo.

Yangiliklar lentasi
0