TOShKENT, 15 avg - Sputnik. Dunyoga mashhur aktor Chak Norris Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkonikiga tashrif uyushtirmoqchi. Jangari filmlar yulduzi urushga shay, u siyosatchini yig‘lashga majbur etmoqchi, deb xabar qiladi NEWS.ru.
Amerikalik artist qisqa video yozgan va unda "Sasha nol foiz" va "Janob Tarakan" sifatida mashhur allaqanday Sashaga murojaat qilgan.
"Bilasanmi, piyoz to‘g‘raganimda, men yig‘lamayman. Piyoz yig‘laydi. Shu uchun, agar hozir qilayotgan ishlaringni to‘xtatmasang, u holda qarorgohlaringning biriga boramanda, seni yig‘lashga majbur etaman", - degan Norris.
Jangari filmlar yulduzi boshqa hech qanday aniqlik kiritmagan. Aytgan jumlalarini ham oydinlashtirmagan. Norrisning rasmiy akkauntlarida ushbu videorolik yo‘q. Rolik birinchi bo‘lib Belarus muxolifati bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatila boshlangan.
Belarusdagi norozilik aksiyalari, 9-avgust prezident saylovlarida amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko g‘olib bo‘lganidan keyin boshlangan edi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, u 80,1% ovoz olgan. Yakshanba kunidan buyon Minsk va respublikaning boshqa shaharlarida sanksiyalanmagan ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda, ammo kuch tuzilmalari namoyishlarni kuch bilan bostirmoqda. Norozilik aksiyalari ishtirokchilarini tarqatish uchun huquqni muhofaza qilish idoralari ko‘z yosh keltiruvchi gaz, shovqin granatasi, rezina o‘qlardan foydalanmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mitinglar davomida 6,5 mingdan ortiq odam hibsga olingan.
Belarus IIV tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangani haqida ma’lum qilgan. Bir nafar odam halok bo‘lgan, IIV ma’lumotlariga ko‘ra, u militsiya xodimlariga qo‘lbola portlovchi qurilmani otishga urinayotib, halok bo‘lgan.