Ortiqxo‘jayev bozorlar rahbarlariga muhim topshiriqlar berdi

© REUTERS / StringerRinok Abu-Saxiy v Tashkente
Rinok Abu-Saxiy v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tana harorati yuqori bo‘lgan hamda niqobsiz kelganlarning bozorlar va savdo muajmualariga kirishlari qat’iyan ta’qiqlanadi

TOShKENT, 14 avg - Sputnik. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtda faoliyat yuritayotgan bozorlar rahbarlari bilan uchrashib, bozorlar faoliyatini qayta ishga tushirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi.

Post radom s bivshey gostinitsey Rossiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda karantin 15-avgustdan yumshatiladi – tafsilotlar

12 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatga e’tibor qaratilib, 15-avgustdan boshlab shaxsiy va jamoat transporti harakati, qator faoliyat turlari, bozor va madaniy-ma’rifiy muassasalar ishini bosqichma-bosqich qayta tiklash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan edi.

Mazkur yig‘ilishdagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt tumanlarining hokimlari hamda bozorlar va savdo majmualari rahbarlari bilan uchrashdi.

20 avgustdan Toshkentdagi buyum bozorlari yana ishga tushiriladi. Ammo hali koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqaror bo‘lmaganligi bois sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya qilish va Respublika maxsus komissiyasining bu boradagi topshiriqlarini so‘zsiz bajarish talab etiladi.

Avtomatchik na postu DPS v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 15-avgustdan keyin qaysi karantin cheklovlari saqlab qolinadi

Jumladan, bozorlar va savdo majmualariga kirish joylarida keluvchilarning tana harorati o‘lchanishi, hamda ularning o‘tishi uchun dezinfektorlar o‘rnatilishi shart.

Tana harorati yuqori bo‘lgan hamda niqobsiz kelganlarning bozorlar va savdo muajmualariga kirishlari qat’iyan ta’qiqlanadi.

Toshkent shahar hokimi bozorlar rahbarlariga shu masalada atroflicha tushuntirish berib, bunday himoya choralariga qat’iy amal qilish aholi salomatligi va xavfsizligi uchun nihoyatda muhimligini ta’kidlab o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0