Mega-zilzila yaqinlashmoqda. Olimlar Kaliforniyani falokat haqida ogohlantirdi

© AP Photo/Ringo H.W. ChiuDim ot lesnix pojarov, vizvannix anomalnoy jaroy, nad Los-Andjelesom, Kaliforniya, SShA
Dim ot lesnix pojarov, vizvannix anomalnoy jaroy, nad Los-Andjelesom, Kaliforniya, SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Geologik xizmati mutaxassislari Kaliforniyada zilzila yuz berishi mumkinligi va u falokatga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

TOShKENT, 14 avg - Sputnik. AQSh Geologik xizmati mutaxassislari Kaliforniyada zilzila yuz berishi mumkinligi va u falokatga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi "Planeta Novosti" portali.

Politolog Yuriy Pochta - Sputnik O‘zbekiston
AQSh nima sababdan Belarusga qarshi sanksiyalar haqida o‘ylanib qoldi?

OAV xabarlariga ko‘ra, oxirgi paytlari Solton-Si ko‘li atrofida 2,6-4,6 ball magnitudali silkinishlar qayd etilgan. Xususan, 10-avgust dushanba kuni datchiklar San-Andreas yorig‘i bo‘ylab o‘ndan ortiq qisqa muddatli silkinishlarni qayd etdi.

Yorig‘lar chizig‘i bo‘ylab silkinishlar so‘nggi 90-yil ichida to‘rtinchi marta qayd etilmoqda. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, keyingi 30-yil ichida ushbu geografik kengliklarda halokatli kuchga ega seysmik hodisa vujudga kelish ehtimoli 20% ni tashkil etadi. Geologik xizmat ehtimoliy ofat belgilarini kuzatishda davom etmoqda.

Avvalroq Sputnik radiosi vulqonshunos-olim Ivan Kulakov yaqin kelajakda Yerda global iqlim o‘zgarishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan vulqonning katastrofik otilishini ro‘y berishi mumkinligini ta’kidlaganini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0