Lukashenko Belarusdan ketganini rad etdi

© Sputnik/Viktor TolochkoPrezident Belarusi Aleksandr Lukashenko
Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, amaldagi prezident Belarusning turli korxonalarida ro‘y berayotgan noroziliklarga izoh berdi: uning so‘zlariga ko‘ra, ishlarning to‘xtatilishi bozorlarni yo‘qotishga olib keladi.

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Aleksandr Lukashenko o‘zining Belarusni tark etganligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Belarus.

Protesti v Belarusi - Sputnik O‘zbekiston
"Aybdorni topishdi: Polsha Belarusdagi protestlarda "Moskva qo‘lini" ko‘rdi

"Avvalo, ma’lum qilmoqchimanki, men hozircha tirikman, chet elga ham chiqib ketganim yo‘q, ayrim "xabardorlar" ko‘pirtirayotgani kabi. Bugun 14 sana, biz siz bilan qurilish sohasidagi ishlarni muhokama qilish uchun uchrashib turibmiz", - dedi u majlisda.

Shuningdek, amaldagi prezident turli belarus korxonalaridagi norozilik aksiyalariga sharh berdi: uning aytishicha, ishning to‘xtatilishi bozorlarni boy berishga olib keladi.

"Agar ular ikki kun ish tashlash qilsa, u holda raqiblar — rossiyaliklar va kanadaliklar — shukr qiladi. Va tezda bozorga yetkazishi kerak bo‘lgan narsani yetkazadi. <...> Agar biz to‘xtasak, hech qachon o‘z ishlab-chiqarishimizni tarqata olmaymiz. Hech qachon! Bizni bu botqoqqa itarib yuborishadi ham. Odamlarga buni tushuntirish lozim: istasangiz - ish tashlang, ishlashni xohlasangiz - ishlang", — deya ta’kidladi Lukashenko.

Belarusdagi protestlar

Yakshanba kuni respublikada prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi va unda, MSK ma’lumotlariga ko‘ra, 80 foizdan ortiq ovoz bilan, Aleksandr Lukashenko g‘olib bo‘ldi.  Ikkinchi o‘rin Svetlana Tixanovskayaniki — 10,09 foiz. Ayol shtabi natijalarni tan olmasligini ma’lum qilgan: siyosatchi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, u uchun fuqarolarning 70-80%i ovoz bergan.

Protesti v Belarusi - Sputnik O‘zbekiston
Belarusdagi noroziliklar G‘arb tomonidan tashkillashtirilgan - RF FK

Minsk va mamlakatning boshqa shaharlarida saylov uchastkalari yopilgach, sanksiyalanmagan protest aksiyalari boshlandi va bir necha kundirki ular tingani yo‘q.

Eng murakkab holat poytaxtda kuzatildi: namoyishchilar barrikadalar qurib, tarqalishdan bosh tortdilar, kuch vakillari ommani tarqatish uchun suvotarlar, ko‘z yosh keltiruvchi gaz, shovqin granatalari va rezina o‘qlardan foydalandilar.

Bir kishi qurbon bo‘ldi, ko‘pchilik kasalxonaga tushgan. Yetti mingga yaqin odamlar qo‘lga olindi, payshanba kuni kechqurun ularni izolyatorlardan chiqara boshladilar.

Kuni kecha BelAZ zavodi ishchilari Jodinoda milliy ish tashlash e’lon qilish da’vati bilan chiqish qilishdi. Shu bilan birga, zavod matbuot-xizmati korxonada hech qanday miting o‘tkazilmayotgani, balki ishchilarning rahbariyat va shahar ma’muriyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tayotganini ma’lum qildilar.

Bugun "Grodno-Azot" va Jlobadagi BMZ korxonalari ishchilari norozilik namoyishlariga chiqdilar.

Yangiliklar lentasi
0