Kimlarga pomidor yeyish mumkin emas?

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishSobranniy urojay pomidorov
Sobranniy urojay pomidorov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parhezshunos-shifokor fikriga ko‘ra, pomidorni iste’mol qilish har doim ham inson organizmiga foyda keltirmaydi.

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Shifokor-parhezshunos Natalya Kruglova fikriga ko‘ra, pomidorni iste’mol qilish har doim ham organizmga foyda keltirmaydi.

Sirdarinskaya oblast proslavilas sortami din kak Torpeda i Obi-navvat - Sputnik O‘zbekiston
Kimlarga qovun yeyish mumkin emas?

Xususan, Pomidor gastrit va oshqozon yarasi kasalliklari uchun xavflidir. Uning tarkibida juda ko‘p miqdordagi organik kislotalar mavjud.

“Kasallik zo‘rayishi tugaganidan so‘nggina pomidorni asta-sekin ratsionga qo‘shish mumkin. Bundan tashqari, oshqozon-ichak trakti kasalliklarida yaxshisi xom shaklda sabzavotni iste’mol qilmaslik kerak”, - deb tushuntiradi Kruglova.

Allergiya holatida ham pomidorni iste’mol qilishdan voz kechish kerak. Pomidorning o‘zi kasallikning sababi bo‘lmasligi mumkin. Biroq, allergiya jarayonini qo‘zg‘atadigan mediator - gistominning chiqarilishini keltirib chiqaradi.

Parhezshunos ta’kidlashicha, termik ishlov qilingan pomidor foydaliroq.

"Shu shaklda ular ko‘proq likopin moddasini o‘z ichiga oladi - bu antioksidant bo‘lib, u saraton kasalligidan himoya qiladi, shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Pomidorni qaynatib pishirish yoki qisqa vaqt ichida (taxminan o‘n daqiqa) past olovda dimlash mumkin. Ammo shuni yodda tutish kerak: qayta ishlash paytida S vitamini tarkibi pasayadi, shuning uchun eng yaxshi variant - har ikkala variantni navbatma-navbat qo‘llash", - deydi shifokor.

Bundan tashqari, shifokor do‘konlarda sotib olinadigan pomidor souslarini ko‘pam iste’mol qilmaslikni maslahat berdi. "Ayniqsa oshqozon kasalliklari bo‘lgan kishilarga tegishli. Ko‘p ketchuplarga ishtahani qo‘zg‘atadigan shakar, ta’m kuchaytirgichlar, achchiq ziravorlar qo‘shilgan".

Pomidor tarkibida muvozanatli ovqatlanish uchun mos bo‘lgan foydali vitaminlar, mikro- va makroelementlar mavjud. Kuniga 150-200 gramm pomidor iste’mol qilish yetarli bo‘ladi. Parhezshunos har kuni pomidor iste’mol qilishni tavsiya etmaydi.

Yangiliklar lentasi
0