TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Qovunni sovuq suv, sut yoki spirtli ichimliklar bilan aralashtirib, iste’mol qilish mumkin emas. Buning oqibatida oshqozon buzilishi hech gap emas. Bu haqda Rospotrebnadzor RIA Novostiga ma’lumot berdi.
Qovun – hazmi nihoyatda og‘ir bo‘lgan mahsulot hisoblanadi, shuning uchun uni och qoringa yoki ovqatdan keyin yeyish mumkin emas. Qovunni ovqatlanish oralig‘ida tanovul qilish kerak, agar tarkibida zararli moddalar bo‘lsa, ular po‘choq yaqinida bo‘ladi, bunga e’tibor berish zarur.
Rospotrebnadzor diabet, oshqozon yara kasalligi bilan og‘rigan bemorlar, shuningdek, homilador va emizikli ayollarga qovun yeyish man etiladi.
Qovun - kaliy, magniy, temir, S va R vitaminlariga boy, chanqoqni bosadi, qonda xolesterin darajasini pasaytiradi va asabni tinchlantiruvchi omil sifatida qo‘llaniladi.