Qozog‘iston Rossiya vaksinasini xarid qilish uchun Moskvaga delegatsiya yuboradi

© RFPI i sentra imeni Gamalei / Mediabankka o‘tishPervaya v mire vaksina ot koronavirusa
Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga telegramma yo‘lladi. Unda qozoq yetakchisi koronavirusga qarshi vaksinaning ro‘yxatga olingani bilan tabriklagan

TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Qozog‘iston koronavirusga qarshi vaksinani Rossiyadan xarid qilish masalasini muhokama qilish uchun Moskvaga hukumat delegatsiyasini yuboradi, deb xabar qildi Qosim-Jomart Tokayev.

JSST SOVID-19 qarshi Rossiya vaksinasiga qiziqish bildirdi  - Sputnik O‘zbekiston
Shifokor: emlash kunida spirtli ichimliklar iste’moli mumkin emas

"Avgust oyining ikkinchi yarmida Qozog‘iston hukumati delegatsiyasi Rossiya vaksinasini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Rossiyaga boradi", — deb xabar qilgan davlat rahbari telegramm orqali Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga.

Tokayev koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaning dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olinishi rossiya ilm-fanining yuqori salohiyati va mavqega egaligini va Rossiyaning ushbu global tahdidga qarshi yetakchi rolini tasdiqlaydi.

"Butun dunyo uchun murakkab shunday davrda Qozog‘istonni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlayotganingiz, shu qatorda, mamlakatimizdagi sanitariya-epidemiologiya holatini yaxshilashga salmoqli hissa qo‘shgan insonparvarlik yordami va shifokorlarni yo‘llaganingiz uchun Sizdan minnatdormiz", - degan Tokayev.

Allergolog-immunolog Vladimir Bolibok  - Sputnik O‘zbekiston
Immunolog Rossiya vaksinasi haqida: "u miltiq kabi, otishga shay"

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin COVID-19ga qarshi ilk vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqida e’lon qilgan edi. Inyeksiya "Sputnik V", deb nom berildi.

Rossiyada birinchi bo‘lib tibbiyot xodimlari emlanadi. Vaksinatsiya ishlari joriy yil sentabrda boshlanishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, RF sinovlarning uchinchi fazasini hali o‘tkazmagan, ammo ro‘yxatga olish uchinchi faza yakunlanishiga qadar odamlarni emlashga imkon beradi.

Vaksina 2021-yilning 1-yanvarida keng miqyosda muomalaga kiritiladi.

Yangiliklar lentasi
0