Immunolog Rossiya vaksinasi haqida: "u miltiq kabi, otishga shay"

© Foto : lichniy arxiv Vladimira BolibokaAllergolog-immunolog Vladimir Bolibok
Allergolog-immunolog Vladimir Bolibok  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun RF prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi dunyoda birinchi vaksina rasmiy ro‘yxatdan o‘tganligini e’lon qildi.

Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda emlash ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishi kerak.

Preparat "Sputnik V" deb nomlandi - 1957-yilda uchirilgan birinchi Yer sun’iy yo‘ldoshiga o‘xshash.

Shuningdek, Putin uning qizlaridan biri ham COVID-19 ga qarshi emlanganligini aytib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvaliga uning tana harorati 38 darajagacha ko‘tarildi, ammo keyinroq u normal holatga qaytdi va unda immunitet shakllandi.

Ushbu dori "fuqarolarga erkin savdoga" 2021-yil 1-yanvardan erta bo‘lmagan muddatda kiritilishi kutilmoqda.

Rossiyalik shifokor immunolog-allergolog Vladimir Bolibok ushbu vaksinaning qanday ishlashini va nima uchun RF dunyoda dori yaratgan birinchi mamlakat bo‘lganligini tushuntirib berdi.

"Vaksinaning o‘zi o‘ziga hos "platforma" sifatida yaratilgan. Ya’ni, vaksinaning konstruksiyasiga kerakli ma’lumotlar kiritiladi-da va har safar yangi vaksina vujudga keladi. Tasavvur qiling, sizning miltig‘ingiz bor va siz patronlarni, masalan, kartechdan tortib pitragacha o‘zgartirishingiz mumkin...", - dedi Bolibok Sputnik radiosi efirida.

Uning ta’kidlashicha, ushbu platforma Ebolaga qarshi vaksinani ishlab chiqish jarayonida o‘z samaradorligini namoyish etdi. Asosiy mohiyati shundaki, odamlar odatda tez-tez kasallanadigan, juda keng tarqalgan respirator virus - zaiflashgan yoki oddiy adenovirus olinadi.

Albatta, uning jiddiy kasallantiruvchi xususiyatlari yo‘q, unda ammo koronavirusning oqsillari haqida noyob ma’lumotlar mavjud. G‘oya quyidagicha: vaksinaga ega bo‘lgan ushbu adenovirus, inson tanasini, shu jumladan ushbu oqsillarga qarshi antitanachalarni ishlab chiqarishini rag‘batlantiradi.

Shu tariqa koronavirusga bevosita immunitet vujudga keladi, deya qo‘shimcha qildi shifokor.

"Ya’ni, bu "miltiq" bizda bir necha yil oldin tayyorlanib bo‘lgan. Endi ushbu "miltiq"ga yangi patron ishlab chiqildi va u "miltiqga"ga joylandi va otishga shay", - dedi Bolibok.

Mutaxassisning to‘liq sharhini radiopodkastda tinglang.

Immunolog o rossiyskoy vaksine ot COVID-19: "eto rujye, gotovoe vistrelit"
Yangiliklar lentasi
0