O‘zbekiston Rostov viloyatidan 900 nafardan ziyod fuqarosini olib kelmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovJeleznodorojniy vokzal v Tashkente
Jeleznodorojniy vokzal v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Rostov viloyatidagi 918 nafar fuqaro bilan poyezd “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nadi.

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekiston hukumati koronavirus pandemiyasi sabab yopilgan chegara tufayli Rossiyaning Rostov viloyatida qolib ketgan 900 nafardan ziyod fuqarolarini mamlakatga qaytarmoqda.

“O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 10-avgust mahalliy vaqt bilan soat 13.20 da 918 nafar yurtdoshlarimiz bilan poyezd “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nadi”, - deyiladi TIV xabarida.

Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridagi fuqarolarni olib kelish O‘zbekiston TIV va Transport vaizrligi tomonidan tashkillashtirilgan.

Vokzal Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarolari Samara va Orenburgdan poyezdlarda qaytarila boshladi

Ta’kidlanishicha, hozirda O‘zbekiston fuqarolarini vatanga tezroq qaytarish uchun Rossiyaning turli hududlaridan reyslarni ko‘paytirish, reyslar, jumladan temir yo‘l reyslarining yo‘nalishi va turlarini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan 1850 nafar fuqaro poyezdlarda vatanga qaytarilgan edi. Vatandoshlardan Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish nuqtalariga bormasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qat’iy rioya qilishlarini so‘ralgan edi.

Yangiliklar lentasi
0