O‘zbekiston fuqarolari Samara va Orenburgdan poyezdlarda qaytarila boshladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVokzal "Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii
Vokzal Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Toshkent – Kinel – Toshkent yo‘nalishidagi poyezd 918 nafar yo‘lovchilar bilan tushdan so‘ng O‘zbekiston tomon harakatlanishni boshlaydi.

TOShKENT, 7 avg - Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaning Samara va Orenburg viloyatlaridan yo‘lovchi poyezdlar orqali qaytarilmoqda, deb xabar berdi Transport vazirligi axborot xizmati.

Stixiyniy lager migrantov iz SA v Orenburgskoy oblasti na granitse RF i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Rus-qozoq chegarasidagi hodisa: migrantlar qanday qilib firibgarlar qurboniga aylandi

Kecha, 6-avgust kuni O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya – Qozog‘iston davlat chegarasidan o‘tkazish masalasi bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi hamda Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, O‘zbekiston fuqarolarini yo‘lovchi poyezdlari orqali olib kelish jarayoni boshlandi.

Toshken – Buzuluk – Toshkent yo‘nalishidagi poyezd 918 nafar yo‘lovchi bilan kecha tunda O‘zbekiston tomon yo‘lga chiqdi. Toshkent – Kinel – Toshkent yo‘nalishidagi poyezd esa bugun 918 nafar yo‘lovchilar bilan tushdan so‘ng O‘zbekiston tomon harakatlanishni boshlaydi.

Ushbu reys chiptalari faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun Buzuluk va Kinel vokzallarida sotildi. Buzuluk - Toshkent yo‘nalishidagi chiptalar narxi 1 287 000 so‘m (9. 259 rubl), Kinel - Toshkent – 1 357 000 so‘m (9. 761 rubl). Yo‘l davomida yo‘lovchi poyezdlar faqat texnik ko‘rik uchun to‘xtatiladi, ya’ni stansiya-vokzallarda yo‘lovchilarning platformaga tushishiga ruxsat etilmaydi.

Kontrolno-propusknoy punkt na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Qozog‘iston chegarasida migrantlar ishtirokida mushtlashuv yuz berdi

Poyezdlar O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari kuzatuvi ostida olib kelinadi.

Ushbu reyslarda olib kelingan yo‘lovchilar poyezdlardan tushishi bilanoq Namangan va Toshkent viloyatlarining karantin zonalariga yuboriladi. 

Eslatib o‘tamiz, ko‘rilayotgan karantin choralari sababli, MDHning qator davlatlarida mamlakatga kirish-chiqishga cheklovlar O‘zbekistonda ham joriy etilgan va ular O‘zbekiston maxsus komissiyasining tegishli qarori bilan bekor qilinmagunicha amaldagi kuchga ega.

Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida mazkur yo‘nalishda tashkil etilgan poyezdlarga chiptalar turli xil korupsion sxemalar orqali sotilish holatlari kuzatilayotgani to‘g‘risida asossiz xabarlar tarqalmoqda.

Transport vazirligi yo‘lovchilardan chiptalarni harid qilishda noqonuniy hatti-harakatlar sodir etilishi bilan bog‘liq vaziyatlarga duch kelgan taqdirda 1167 qisqa raqamli ishonch telefoniga, shuningdek, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ (71) 299-94-50  ishonch telefoniga murojaat etishlarini so‘rab qolgan.

Yangiliklar lentasi
0