Terrorizmda gumon qilingan 820 nafardan ziyod migrant Rossiyaga kiritilmadi

© Sputnik / Stas EtveshGrajdane Uzbekistana idut na posadku v terminale aeroporta Vnukovo
Grajdane Uzbekistana idut na posadku v terminale aeroporta Vnukovo  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy terrorizmga qarshi kurashish qo‘mitasi vakillari yig‘ilish o‘tkazib, unda terrorchilarning Rossiyaga mehnat migrantlari sifatida kirib kelishiga qarshi kurash choralarini muhokama qilishdi.

TOShKENT, 11 avg - Sputnik. Moskvada Rossiya FXX direktori A.V. Bortnikov boshchiligida Milliy terrorizmga qarshi kurashish qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda terrorchilarning Rossiyaga kirib kelishiga to‘sqinlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Iosif Linder - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert Ximkidagi ehtimoliy jinoyatchi haqida: terrorizmning millati yo‘q

2019 yil boshidan beri terrorchilik va ekstremistik faoliyatda gumon qilingan 820 dan ortiq shaxsning Rossiyaga kirib kelishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Shuningdek, Bortnikov xalqaro terrorchilik tashkilotlarning migratsiya oqimidan foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerakligini ta’kidladi.

Yig‘ilish davomida tomonlar radikal harakat tarqalishining oldini olish uchun migratsiya muhitida profilaktika tadbirlarini kuchaytirish choralarini muhokama qildilar.

Shuningdek, chet el fuqarolari o‘rtasida terrorizmning oldini olish bo‘yicha xizmatlar va idoralarning samaradorligini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0