TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Yong‘oq, malina, vino koronavirus infeksiyasi bilan kurashishga yordam beradi. AQSh milliy tibbiyot bibliotekasi xabariga asosan.
SARS-CoV-2 virusi hujayraga ACE2 fermenti orqali kiradi.
Ushbu oqsil o‘pka, yurak, buyrak va miya to‘qimalarida mavjud. Kanadaning Laval universiteti olimlari, tabiiy antioksidant bo‘lgan resveratrolni ko‘proq iste’mol qilish organizmdagi ACE2 konsentratsiyasini oshirish xususiyatini aniqlashdi.
Bu ba’zi mevalarda uchraydi, bu ularning turli xil stress holatlarga, shu jumladan haddan tashqari ultrabinafsha nurlanishiga, iqlimning keskin o‘zgarishiga, kasallik va parazitlarga nisbatan chidamliligini oshirishga yordam beradi. Resveratrol immunitetga ta’siri tufayli COVID-19’ning og‘irligini kamaytirishi mumkin.
Antioksidant uning tabiiy manbalaridagi tarkibiga mos keladigan konsentratsiyada faol bo‘ladi. Resveratrol yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. U qizil sharob, yerong‘oq, pista, kakao, malina, uzum, chernika va klyukvada uchraydi. Ratsionga bu mahsulotlarni qo‘shish har qanday holatda ham foydali bo‘ladi, deydi mutaxassislar.
Qizil sharob, uzum, yerong‘oq tarkibida resveratrol deyarli bir xil, shuning uchun koronavirusdan himoya qilish uchun spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni ko‘paytirish shart emas.