O‘zbekiston aviakompaniyasi Qirg‘izistonga parvozlarni tiklashni taklif qildi

© SputnikSamolet Uzbekskix avialiniy Boeing 767 (300ER)
Samolet Uzbekskix avialiniy Boeing 767 (300ER)  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston allaqachon Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan muntazam parvozlarni qayta tiklash borasida kelishuvga erishgan.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Quvayt aviakompaniyalari Qirg‘izistonga muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklashni taklif qildi. Bu haqda mamlakat Transport va yo‘l vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining direktori Kurmanbek Akishev ma’lum qildi.

“Bizga Quvayt va O‘zbekistonning bittadan kompaniyasi muntazam reyslarni qayta tiklash taklifi bilan murojaat qildi. Takliflar Koronavirusga qarshi kurash respublika shtabi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda”, - dedi Akishev. Uning so‘zlaridan Sputnik Qirg‘iziston nashri iqtibos keltirgan.

Samolet na fone superluniya vo Frankfurte, Germaniya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston aviareyslarni tiklashga tayyorlanmoqda

Qirg‘iziston parvozlarni qayta tiklash borasida to‘rt mamlakat bilan muzokaralar olib borgan. Natijada Turkiya bilan haftasiga yettita, BAA bilan esa ikkita reyslarni (15 avgustdan) amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishgan.

Hozir mamlakat Rossiya va Qozog‘iston aviakompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli bahorda ikki mamlakat o‘rtasidagi muntazam parvozlar vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan edi

Yangiliklar lentasi
0